Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Peres, Mourinyo va Mbappe "Real" uchun yangi yulduzni tanlashdi

Peres, Mourinyo va Mbappe "Real" uchun yangi yulduzni tanlashdi

Baho:
+1 | -

"Real" klubi tarkibni kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Madrid superklubining asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida "Bavariya" sharafini himoya qilayotgan yulduz vinger Maykl Olise qolmoqda.

"Florentino Peres Olisening "Real"ga transferidan voz kechgani yo‘q" — Ispaniyaning Sport nashri sahifalarida mana shunday sarlavhali maqola chop etildi.

Maqolada qayd etilishicha, "Real" bu borada "nohalol" yo‘l tutmoqchi emas. Madridliklar "Bavariya" klubini hurmat qilishadi va Oliseni faqat rasmiy muzokaralar orqali qo‘lga kiritishga harakat qilishadi.

"Florentino Peres fransiyalik futbolchiga e’tibor qaratgan, bu tanlovda unga Olisening terma jamoadagi sherigi Kilian Mbappe tavsiya bergan va bosh murabbiy Joze Mourinyo ham buni ma’qullagan. Ushbu kelishuvni amalga oshirish juda qiyin, ammo imkonsiz emas, ayniqsa Vinisius Junior shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilib, 2027 yilda jamoani tark etadigan bo‘lsa", — deyiladi materialda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Bavariya" rahbariyati Maykl Oliseni hatto juda katta mablag‘ evaziga ham sotib yubormasligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 23:35, 25.06.2026.
O'qildi: 9207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик