Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Nogahoniy sevgi izhori

Nogahoniy sevgi izhori

Baho:
+ | -

Pol Pogbaning asl niyati nima?

Yakunlangan mavsum ishlari aslo yurishmagan fransiyalik yarim himoyachi qo‘qqisdan Yevropa tashqarisidagi klubga muhabbat izhor qildi. Vaqtida uning libosida afsonaviy futbolchilar to‘p surishgan. Biroq Polning qachondir o‘sha jamoada o‘ynashi ehtimoli juda past.

Takror aytish kerak, Pol Pogba o‘tgan mavsumni o‘z hisobiga yozib qo‘yolmaydi aslo. Binobarin, erkin agent maqomini olgan fransiyalik futbolchi katta umidlar bilan «Yuventus»ga qaytdi, ammo mavsumoldi mashg‘ulotlari jarayonidayoq jiddiy jarohatga yo‘liqdi. Boz ustiga, noto‘g‘ri davolanish usuli tanlangani oqibatida tiklanish vaqti ham cho‘zilib ketdi. Oqibatda fransiyalik futbolchi 2023 yildagina maydonga qaytdi, shunda ham eski muammolar bot-bot oldida ko‘ndalang bo‘ldi. Raqamlarda aytsak, Pogba butun mavsum davomida bor-yo‘g‘i 200 daqiqa o‘ynadi, xolos. Bu bir jarohatdan keyin darhol boshqasi bo‘y ko‘rsatgani oqibatidir. Qisqasi, dongdor yarim himoyachi vaqtni asosan davolanish va tiklanishga sarfladi. Endi esa sport formasiga qaytish yo‘lida faol shug‘ullanmoqda.

Aksariyat futbolchilar yozgi ta’tilga chiqishgani ma’lum, Pol Pogba esa individual dastur asosida kuchaytirilgan mashg‘ulotlarda ter to‘kmoqda. Diqqatga sazovor tomoni, u barchasini «Flamengo» (Braziliya) futbolkasida bajarmoqda. Aniqrog‘i, klub afsonasi Ziko dastxati tushirilgan libosda. «Flamengo» mohiyatan va tarixan nafaqat Braziliya, balki butun Janubiy Amerika futbolidagi eng yirik klublardan biri hisoblanadi. Biroq fransiyalik futbolchining unga nisbatan muhabbati... To‘g‘ri, Pol Pogba Braziliya futbolini yoqtirishini hech qachon yashirgan emas. Deylik, Ronaldo, Ronaldinyo, Robinyo va Roberto Karlos o‘yin­lariga mahliyo bo‘lganini ko‘p bora tilga olgan. Fransiya­lik futbolchi shuningdek, Pele, Garrincha va Zikoni ham maqtagan vaqtida. Ammo hozir «Flamengo»ga muhabbat izhor etishdan maqsadi nima? Harqalay, Pol Braziliya klubidan taklif kutmayotgandir... Chunki u yevrofutbol markazida qolmoqchi. Pogbaning Arab klublari tomonidan ilgari surilayotgan mo‘may takliflarga qiyo boqmayotgani shundan dalolat, albatta.

 A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:01, 09.07.2023.
O'qildi: 2884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.