Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Indzagi Lukakuni jamoada saqlab qolmoqchi

Indzagi Lukakuni jamoada saqlab qolmoqchi

Baho:
+ | -

"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi "Chelsi" hujumchisi Romelu Lukakuning transferi borasida fikr bildirdi.

“Lukaku hozir “Chelsi” futbolchisi. U biz uchun qanchalik muhimligini hammamiz bilamiz. Men uni o‘tgan yozda qaytarish uchun qo‘limdan kelganini qildim, shuning uchun biz bu yozda ham Romelu bilan shartnoma imzolashni xohlaymiz.

Biz buni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, - dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Romelu Lukaku o‘tgan mavsumni "neradzurrilar" safida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Belgiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda 14 ta gol urgan. Avvalroq, 2019-2021 yillar oralig‘ida hujumchi 95 uchrashuvda 64 ta gol urgandi va bu "Inter"ning uzoq kutilgan Skudettoni qo‘lga kiritishiga yordam berdi.

Transfermarkt portali 30 yoshli hujumchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:08, 12.07.2023.
O'qildi: 1318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик