Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Deklan Raysning "Arsenal" yarim himoyachilaridan farqi nimada?

Deklan Raysning "Arsenal" yarim himoyachilaridan farqi nimada?

Baho:
+ | -

"Arsenal" yaqindagina Deklan Raysni "Vest Xem Yunayted"dan sotib olganini rasman ma’lum qilgan edi. Rahbariyat fikricha, u maydon markazida katta ish bajarishi oladi. Haqiqatdan ham, agarda Raysning o‘tgan mavsumdagi statistikasiga nazar solsak, uning naqadar foydali futbolchi ekani ma’lum bo‘ladi. Sobiq "bolg‘achilar" sardori maydonning ayni bir qismida yangi jamoadoshlaridan ancha yaxshi sanaladi. 24 yoshli yarim himoyachi raqibdan to‘pni olib qo‘yish borasida Martin Edegor, Jorjinyo Frello, Tomas Parti hamda hozirda "Bayer 04" safiga yo‘l olgan Granit Jakadan ancha yaxshi ko‘rsatkichga ega.

Masalan, Rays o‘tgan mavsumda bu borada 63 ta muvaffaqiyatli harakatni amalga oshirgan bo‘lib, bu "Arsenal"ning eng yaxshi "tozalovchisi" bo‘lgan Tomas Partinikidan 35 taga yaxshiroqdir. Shuningdek, Rays to‘pni himoyadan hujumgacha bo‘lgan hududda o‘zi bilan olib yurishda ham tengsiz. Xususan, u o‘tgan mavsumda 315 ta rivojlanuvchi hujumlar asosiga aylangan to‘pni hujumchilarga uzatgan. Bu esa Partinikidan 65 taga, Edegornikidan 126 taga, Jorjinyonikidan, 232 taga, Jakanikidan esa 169 taga yaxshiroqdir. Angliya terma jamoasi yulduzi APLda aniq past uzatuvchi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaladi. Bu borada uning ko‘rsatkichi 88 foizga teng. "Arsenal"da Tomas Parti ham 88 foiz aniqlikka ega. Rays qolgan yarim himoyachilar, Edegor (84 foiz), Jorjinyo (87.6 foiz) va Jaka (86.5 foiz)dan yaxshiroq aniqlik qayd etgan.

Gollar borasida Deklan Rays unchalik ham maqtana olmaydi. U o‘tgan mavsumda to‘rtta golga mualliflik qilgan bo‘lib, bu borada faqat Edegor (15 ta) va Jaka (7 ta) undan yaxshiroq natijaga ega edi. Assistlar berishda ham Edegor va Jaka Raysdan yaxshi natijaga ega (umumiy 14 ta).
105 million evaziga sotib olingan futbolchi o‘tgan mavsumda YEKL finalini yutgan edi. Uning sardorlik qobiliyati jamoa uchun, oxirgi yillarda "Arsenal"ga yetishmayotgan yetakchilik va xarakter xususiyatlarini beradi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Deklan Rays "Arsenal" bilan AQSHdagi ilk bahsda maydonga tushishi kutilmoqda. Uning transferi Angliya tarixidagi eng qimmatiga aylandi. "Arsenal" hozirga qadar uchta futbolchi uchun jami 210 million funt sarflagan edi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:29, 17.07.2023.
O'qildi: 1421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.