Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:30 Tailand - Braziliya
20/09 17:30 Kuba - Xorvatiya
20/09 20:00 Kosta-Rika - O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya - Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Ispaniya futbol maktabi. La Liganing bo‘lajak yulduzlari

Ispaniya futbol maktabi. La Liganing bo‘lajak yulduzlari

Baho:
+ | -

Avval Germaniya chempionatining porlashi kutilayotgan iqtidorlari haqida ma’lum qilgandik. Endi esa La Liganing mana shunday vunderkindlarini birma-bir kashf etamiz.

Arnau Tenas (darvozabon, 22 yosh, "Barselona")

Bu yozda 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida finalchiga aylangan darvozabon erkin agentga aylanishi mumkin. Bungacha u "Barselona"ning o‘rinbosarlari safida muntazam o‘ynagan va o‘tgan mavsumda 26 ta o‘yindan 15 tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. "La Masiya" tarbiyalanuvchisi darvozabon uchun kerak bo‘lgan ko‘pgina hislatlar egasi. U qaysi klubda o‘ynamasin jamoasining asosiy futbolchisiga aylana oladi.

Paris Saint-Germain close to deal for Barcelona starlet - Football España

Xuan Miranda (himoyachi, 23 yosh, "Betis", 7 million yevro)

Miranda 2021 yilning yozida "Barselona"dan "Betis"ga o‘tdi va mazkur klubda o‘zini ko‘rsata oldi. U yangi jamoasida himoyaning markazida barqaror o‘yinlari bilan hammani o‘ziga qaratdi va Yevro U21 da ham terma jamoasiga ancha foyda keltirdi. Mazkur himoyachi standard vaziyatlar paytida ikkinchi qavatda ustunlik qila oladi.

Real Betis closing deal for Barcelona fullback Juan Miranda | OneFootball

Yon Pacheko (himoyachi, 22 yosh, "Real Sosyedad", 6 million yevro)

Hozirgi vaqtda o‘yini nazorat qiladigan himoyachiga talab katta. Pachekoni eski maktab futbolchilariga o‘xshatish mumkin. Ikkinchi qavatda va raqiblar bilan yelkama-elka kurasha oladigan jismonan kuchli himoyachi."Real Sosyedad" katta futbolga mana shunday futbolchini yetishtirib chiqardi. Shuningdek u, Yevro U21 da Ispaniya tarkibida o‘zini yetarlicha ko‘rsata oldi.

El Granada busca otro delantero aparte de Karrikaburu | Ideal

Arnau Martines (himoyachi, 20 yosh, "Jirona", 15 million yevro)

Martines ham markaziy, ham o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynashga qodir. U "Jirona" bilan yakuniga yetgan mavsumni ajoyib o‘tkazdi. Har qanday hujumchi u bilan to‘qnashishga hayiqadi. Martinesda ajoyib texnika va dribling bor, bu uning pozisiyasidagi futbolchilar uchun xos emas. Arnau orqa chiziqdan hujumlarni tashkil qila oladi.

Barcelona defensive target open to Real Madrid move

Ivan Frasneda (himoyachi, 18 yosh, "Valyadolid", 15 million yevro)

Frasneda La Ligadagi debyut mavsumida o‘zini unchalik ko‘rsata olmagandir. Lekin u raqiblariga yetarlicha qarshilik ko‘rsata oladi. Unga "Barselona", "Arsenal" va "Borussiya Dortmund" klublari qiziqish bildirishdi.

Arsenal give up in race for top class Spanish right-back - Just Arsenal News

Aymar Oros (yarim himoyachi, 21 yosh, "Osasuna", 15 milllion yevro)

"Osasuna" yarim himoyachisi yakuniga yetgan mavsumni yaxshi o‘tkazdi va jamoasining Konferensiyalar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqishi uchun o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Orosning vazifasi asosan, hujum va himoyani bog‘lab berish. Aymar o‘tgan mavsumda 3 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.

Osasuna: Aimar Oroz, premio a la constancia rojilla | Marca

Rodri (yarim himoyachi, 23 yosh, "Betis" 8 million yevro)

"Betis" yarim himoyachi yetishtirishda yaxshigina tajribaga ega. Fabian Ruis, Dani Sebalyos va Sanches kabilar misol siftida keltiriladi. Rodri kreativ o‘yin namoyish etishni xush ko‘radigan, hujumlarning asosiy boshlovchisi, mukammal texnikaga ega.

Former Atletico Madrid and current Real Betis star highlights poor academy  treatment in Madrid - Football España

Samuyel Koshta (yarim himoyachi, 22 yosh, "Almeriya", 5 million yevro)

Ushbu ro‘yxatda ispaniyalik bo‘lmagan ikkita futbolchi bor, ulardan biri portugaliyalik Koshta. U yakuniga yetgan mavsumda "Almeriya" tarkibida porladi. Samuyel hujumkor yarim himoyachi, lekin himoyaga ham bemalol yordam bera oladi. maydonni ko‘roladi. Hujumlar asosan u orqali tashkil qilinadi.

OFICIAL: Samú Costa renova com o Almería até 2029 - CNN Portugal

Aleks Baena (hujumchi, 21 yil, "Vilyarreal", 20 million yevro)

Mazkur futbolchi qolgan sheriklariga qaraganda ancha umidli va kelajagi porloq bo‘lishi kutilmoqda. U yakuniga yetga mavsumda "Vilyarreal" tarkibida La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Baena asosan, qanot hujumchisi vazifasini bajaradi. Aleks maydonda aqlli o‘ynashga va vaziyatlardan maksimal foydalanishga harakat qiladi.

Arsenal Among Four PL Clubs Chasing Villarreal's Alex Baena

Gonsalo Plata (hujumchi, 22 yosh, "Valyadolid", 5 million yevro)

Plata bu ro‘yxatda ikkinchi ispaniyalik bo‘lmagan futbolchi, u Ekvador termasi a’zosi. Gonsalo yuqori tezlik va mukammal ko‘nikmaga ega bo‘lgan vingersifat hujumchi. Shuningdek, u nostandart qarorlar qabul qilib hammani lol qoldiradi. Plataga ayni vaqtda Yevropaning bir qancha klublaridan qiziqishlar bor.

Espaldarazo' para Gonzalo Plata en el Real Valladolid | Fútbol | Deportes |  El Universo

Serxio Kamelyo (hujumchi, 22 yosh, "Atletiko", 10 million yevro)

"Matraschilar" yakuniga yetgan mavsumda Kamelyoni "Rayo Valyekano"ga ijaraga bergandi. U yerda yosh forvard hujumchi sifatida ajoyib amaliyotga ega bo‘ldi. Serxio barcha musobaqalarda 7 ta gol urdi. Aytishingiz mumkinki, ayni vaqtda 22 yoshli boshqa futbolchilar o‘zini bundanda ortiq ko‘rsatyapti deb, misol sifatida Mbappeni ko‘rastgan holda. Shuni unutmaslik kerakki, yosh yulduzlarning aksariyati o‘zini keyinroq namoyish etadi. Hujumchi o‘z pozisiyasida raqib himoyachilariga yetarlicha muammo tug‘dira oladi. Sheriklarini ham to‘p bilan ta’minlab, jamoasiga ancha foydasi tegadigan forvard. Serxio qaysi klubda o‘ynamasin o‘zini imkon qadar ko‘rasata oladi.

Sergio Camello, bajando de valor: ¿vender o mantener? - Biwenger

La Ligada bundan tashqari ham porlashi kutilayotgan iqtidorlar anchagina ko‘p. Bu ro‘yxat xamir uchidan patir xolos.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 08:30, 27.07.2023.
O'qildi: 2446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.