Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" "Atletiko"ning shartlariga rozi bo‘lmayapti

"Tottenxem" "Atletiko"ning shartlariga rozi bo‘lmayapti

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Pyer-Emil Xyoybyerg yozgi transfer oynasida "Atletiko"ga o‘tishi mumkin.

Daniyalik allaqachon Madrid klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Biroq, jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda aytib o‘tganidek, "matraschilar" hali "Tottenxem" bilan kelisha olmadi.

Qayd etilishicha, “Atletiko” 27 yoshli Xyoybyerg uchun 25 million yevrodan ko‘p to‘lamoqchi emas.

"Tottenxem"da uch mavsum davomida Pyer-Emil Xyoybyerg 145 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularda yarim himoyachi 10 ta gol urdi va sheriklariga 16 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt Xyoybyergni 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:14, 29.07.2023.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.