Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Mbappega APLdan yana bir grand jamoa taklif tayyorlayapti

Mbappega APLdan yana bir grand jamoa taklif tayyorlayapti

Baho:
+ | -

"PSJ" Kilian Mbappeni bir yildan so‘ng tekinga yo‘qotmoqchi emas, shu bois klub u shartnomani uzaytirishdan bosh tortgach, futbolchiga bosim o‘tkaza boshladi. Xullas, 24 yoshli forvard jamoa bilan Yaponiya safariga chiqmadi.

Kuni kecha matbuotda Mbappe "Al-Hilol"ga o‘tish variantidan bosh tortgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Endi mish-mishlar fransiyalik futbolchini Premyer-liga klublari bilan bog‘lamoqda. Daily Record xabariga ko‘ra, "Chelsi" Mbappeni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Londonliklar ushbu shartnomaga bir futbolchisini taklif qilmoqchi.

Avvalroq Kilianga "Liverpul" qiziqish bildirgani haqida xabar bergan edik.

Qayd etilishicha, "Chelsi" egasi Todd Boeli “PSJ” prezidenti Nosir al-Xelayfi bilan Kilian Mbappeni transfer qilish imkoniyatini allaqachon muhokama qilgan va yordam olgan.

Kiritildi: 23:05, 30.07.2023.
O'qildi: 4230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик