"Bavariya" "Manchester Yunayted"ning Benjamin Pavar bo‘yicha boshlang‘ich taklifini qabul qilmadi.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, myunxenliklar "Manchester Yunayted"ning birinchi taklifini rad etishgan.
Shunga qaramay, fransiyalik futbolchining o‘zi Premyer-liga klubiga o‘tmoqchi. Mankunianliklar u bilan og‘zaki kelishuvga ega.
Oldinroq "MYU" Pavar uchun taxminan 30 million yevro taklif qilishga tayyorligi xabar qilingandi.













