Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

“Real Madrid”da katta o‘zgarishlar: Jamoa tarkibi tubdan yangilanadi

“Real Madrid”da katta o‘zgarishlar: Jamoa tarkibi tubdan yangilanadi

Baho:
+ | -

“Real Madrid” kelasi mavsum oldidan tarkibni keng ko‘lamli qayta qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Allaqachon bir nechta futbolchining ketishi va asosiy transferlar rejalashtirilgan.

Klub rahbariyati so‘nggi paytlardagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng haqiqiy inqilob kerak deb hisoblamoqda. Bir nechta pozisiyalar, ayniqsa, himoya va yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish choralari ko‘riladi.

Yangi o‘yinchilarga joy ochish, tarkibni yoshartirish va umumiy saviyani ko‘tarish maqsadida bir qator futbolchilar sotib yuborilishi mumkin.

Shuningdek, mavsum yakunida murabbiylik masalasi bo‘yicha ham qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Bu qaror loyihaning kelajakdagi yo‘nalishini belgilab beradi.

“Real Madrid” kelasi mavsumda yana barcha sovrinlar uchun kurasha oladigan raqobatbardosh jamoa shakllantirmoqchi.

E’tibor markazidagi asosiy nuqtalardan biri – Alvaro Arbeloa. Uning taqdiri La Liga yakunlangach hal qilinadi. Murabbiyning ishiga berilgan umumiy baho ijobiy. Bunga sabab sifatida hal qiluvchi pallalardagi jarohatlarning ko‘pligi (ECHL nimchorak finalida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin oldidan 7 nafar futbolchi jarohat olgan) ko‘rsatilmoqda.

Biroq, “Real Madrid” murabbiylari uchun asosiy o‘lchov birligi titullar hisoblanadi. Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasi boy berildi (Ispaniya Superkubogi esa Xabi Alonso hisobiga yozilgan). Endi faqat La Ligadagi “mo‘’jiza” vaziyatni qutqarib qolishi mumkin. Shuning uchun klub muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda, ammo ular orasida Yurgen Klopp (muxlislar tanlovi) yoki Didye Desham kabi nomlar yo‘q.

Rejaga ko‘ra, asosiy jamoada 22 nafar futbolchi qoldirilib, ular o‘rnini Tyago Pitarch yoki Joan Martines kabi yoshlar jamoasi vakillari bilan to‘ldirish ko‘zda tutilgan. Klub bu yilgi tarkib juda katta bo‘lgani sababli, o‘yin amaliyoti kamligidan shikoyat qiluvchilar ko‘payganini va bu ichki muhitga salbiy ta’sir qilganini ta’kidlamoqda.

Ketishi kutilayotganlar:

Alaba: Shartnomasi 2026 yil iyun oyida tugaydi va jamoani tark etishi deyarli aniq.
Sebalyos: Shartnomasi 2027 yilgacha bo‘lsa-da, ketishi kutilmoqda.
Ryudiger: Shartnomasi tugamoqda, lekin o‘z o‘yini bilan jamoada qolish imkoniyatini saqlab qolgan.
Karvaxal: Jamoa sardorining shartnomasi 2026 yil 30 iyunda tugaydi. Klub uning xohishini hurmat qiladi, chunki u 6 karra YECHL g‘olibi va klub afsonasidir.

Shuningdek, shartnomasi bo‘la turib Kamavinga, Asensio, Fran Garsiya va Gonsalo kabi futbolchilar ham sotib yuborilishi mumkin. Ayniqsa, Kamavinga va Asensioning so‘nggi haftalardagi o‘yini tanqidlar ostida qoldi.

Hali yakunlanmagan tahlillarga ko‘ra, loyihaning asosi baribir Mbappe, Vinisius va Bellingem bo‘lib qoladi. Ularga qo‘shimcha ravishda Kurtua, Trent, Militao, Valverde, Tchuameni va Arda Guler kabi o‘zini isbotlagan futbolchilar ham jamoada qoladi. O‘tgan yozda amalga oshirilgan transferlar – Trent, Xyoysen va Karreras — jamoaning umumiy omadsizligiga qaramay, rahbariyat ishonchiga kirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:09, 19.04.2026.
O'qildi: 3026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик