"Bavariya" Germaniya chempionatining 3-turida safarda "Elfersberg"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Myunxenliklar safida Lennart Karl va Xarri Keyn gol urdi. Angliyalik hujumchi shuningdek, bitta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirdi.
Mezbonlarning yagona goliga Moris Krattenmaxer mualliflik qildi. "Bavariya" 1:0 hisobida oldinda borayotgan paytda "Elfersberg" yana bir bor to‘pni darvozaga kiritdi, ammo VAR aralashuvidan so‘ng ofsayd sabab gol bekor qilindi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Bavariya" 7 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. "Elfersberg" esa 6 ochko bilan oltinchi pog‘onada bormoqda.













