O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi to‘purarlar poygasida yuqori o‘rinlarda bormoqda.
"Istanbul Bashakshehir"ning "Genchlerbirligi"ga qarshi 4:0 hisobidagi g‘alabasida hamyurtimiz ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Shomurodovning joriy chempionatdagi gollari soni 6 taga yetdi.
Ayni paytda to‘purarlar poygasini 7 ta gol bilan Muhammad Saloh boshqarib turibdi. Shomurodov esa 6 tadan gol urgan Viktor Osimxen va Gift Orban bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishmoqda.
To‘purarlar poygasi:
Muhammad Saloh — 7 gol
Eldor Shomurodov — 6 gol
Viktor Osimxen — 6 gol
Gift Orban — 6 gol













