Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Rafinya La Liga tarixidagi kamyob rekordni takrorlash arafasida

Rafinya La Liga tarixidagi kamyob rekordni takrorlash arafasida

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Rafinya Ispaniya chempionatining ketma-ket ikki turida uchtadan gol urdi va La Liga tarixidagi kamyob natijani takrorlash arafasida turibdi.

Braziliyalik futbolchi «Rasing»ga qarshi 7:2 hisobidagi g‘alabada uchta, «Sevilya»ga qarshi 3:1 hisobidagi bahsda esa yana uchta gol urdi.

La Liga tarixida faqat ikki futbolchi ketma-ket uchta uchrashuvda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Bular — 1934/35 yilgi mavsumda «Ovyedo» safida to‘p surgan Isidro Langara hamda 1946/47 yilgi mavsumda «Atletik» vakili Telmo Sarra.

Shuningdek, Rafinya 2017/18 yilgi mavsumda «Atletiko»da o‘ynagan Antuan Grizmanndan keyin La Ligada ketma-ket ikki uchrashuvda xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Ispaniya chempionati tarixida bunday holat Rafinyagacha 29 marta kuzatilgan.

«Barselona» futbolchilari orasida esa ketma-ket ikki o‘yinda xet-trik qayd etish avval faqat Lionel Messi (uch marta) va Luis Suaresga nasib qilgan.

Milliy terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusdan keyin «Barselona» o‘z maydonida «Xetafe»ni qabul qiladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:38, 20.09.2026.
O'qildi: 1954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик