"Arsenal" joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
Mikel Arteta jamoasi Angliya Premyer-ligasining 5-turida "Brayton"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu uchrashuvga qadar "kanonirlar" barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 7 ta o‘yinda g‘alaba qozongan edi.
Shuningdek, bu "Arsenal"ning Angliya chempionatida 2023 yildan buyon qayd etgan eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi.
Qizig‘i, londonliklar o‘sha yilning may oyida ham aynan "Brayton"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.













