Jeydon Sanchoning vakillari angliyalik vinger nomzodini Rossiya Premyer-ligasi klublariga taklif qilishdi.
Sport24 xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Rossiyaga ko‘chib o‘tish uchun bonuslardan tashqari mavsumga kamida 5 million yevro maosh talab qilmoqda.
Biroq Rossiya chempionati Sanchoning faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan yagona variant emas. Uning nomzodi Angliya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA klublariga ham taklif qilingan.
Ayni paytda Sancho erkin agent hisoblanadi. U 2026 yil yozida shartnomasi yakunlanganidan so‘ng «Manchester Yunayted»ni tark etgan.













