Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi 0-2 Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya 1-0 Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika - Paragvay

«90min» nashri APL tarixidagi eng yaxshi juftliklarni ma’lum qildi

«90min» nashri APL tarixidagi eng yaxshi juftliklarni ma’lum qildi

Baho:
+ | -

So‘nggi uch dekada davomida Angliya Premyer-ligasi dunyodagi eng yaxshi futbolchilar makoni bo‘lib kelmoqda. Quyida shunday yulduzlarning eng yaxshi juftliklarini havola etamiz. Ularni taniysiz va hech bo‘lmasa bir marta qahramonliklaridan bahramand bo‘lgansiz.

5. Luis Suares va Deniyel Starrij

Ha, deyarli o‘n yildan beri Suares va Starrijlar birga o‘ynamayapti. Ammo ularni bir paytlar to‘xtatib bo‘lmasdi. Hujumchilar 2013/14 yilgi mavsumda fantastik natijaga erishadi. Suares va Starrij birgalikda jami 52 ta golda bevosita ishtirok etgan. O‘sha mavsumning eng yaxshi to‘purarlari ham aynan shu juftlik edi.

4. Xarri Keyn va Son

Keyn hamda Son Xyon-Minlar shu yilning fevralida yangi rekordga erishgan. Ular shu oyga qadar 47 ta golda qatnashib, bu borada tengsizga aylanadi. Ushbu natija qolgan har qanday futbolchilarnikidan 11 taga ko‘proq edi.

3. Nemanya Vidich va Rio Ferdinand

Ferdinand «MYU» himoyasida Vidich bilan hamkorlik qilgan paytlari, klub besh bor APLni, YECHL, klublar o‘rtasidagi mundial hamda uch marta liga kubogini o‘ziniki qiladi. Bu darajaga, shubhasiz yaxshi mudofaa orqali erishish mumkin edi. O‘sha himoya esa Ferdinand va Vidichdan iborat bo‘lgan.

2. Tyerri Anri va Dennis Bergkamp

Ushbu juftlik ko‘pchilik tomonidan APL tarixidagi eng texnikali futbolchilar sifatida tilga olinadi. Bu gaplar bekorga emas. Anri va Bergkamplar «Arsenal» bilan Angliyada uch bor yilning eng yaxshi futbolchisi deya e’lon qilinadi. Hozir esa har ikkisining hashamdor haykallarini «Emirates» ostonasida ko‘rish mumkim.

1. Ueyn Runi va Krishtianu Ronaldu

Son va Keyn eng ko‘p gollarda qatnashgan, Starrij va Suares esa yilni to‘purar sifatida tugatgan juftliklar bo‘lsa, Ronaldu va Runilar o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan. Ular 2000 yillar o‘rtalaridagi eng sermahsul juftlik edi. Aynan ushbu hujumchilar davrida «MYU» o‘zining eng shonli davrlarini o‘tkazgan. Sovrin yurish borasida ham ular tengsizlardan biri bo‘ldi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:32, 27.08.2023.
O'qildi: 3353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.