Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«MYU»da jarohatlar epidemiyasi

«MYU»da jarohatlar epidemiyasi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» mavsum boshida muammolarga duch keldi - hujumdagi g‘alati o‘yindan tashqari (ikki turda bitta gol), tayanch o‘yinchilarining jarohatlari ham bunga qo‘shildi. Avvaliga Meyson Maunt safdan chiqdi (u yozda 64 million yevroga kelgan), endi esa Ten Xagning asosiy chap qanot himoyachisi Lyuk Shou.

«Yunayted» kasalxonasida allaqachon sakkiz nafar futbolchi bor.

Sentyabr oyining o‘rtalariga qadar jamoa chap qanot himoyachisisiz qoladi. Bu holatda faqat Diogo Dalot sog‘lom, u bu pozisiyada kamdan-kam o‘ynagan.

«Jamoamizda jarohatlar bilan kurashish bo‘yicha yechimlar mavjud», dedi Ten Xag «Nottingem» oldidan matbuot anjumanida. - Bu ssenariy haqida mavsum oldidan o‘ylab ko‘rgandik. Bunga yo‘l qo‘ymaslikka umid qilasiz, lekin tayyor bo‘lish kerak».

«Yunayted» o‘tgan mavsumda eng ko‘p o‘ynadi. Varan va Ten Xag bu borada FIFA va UYEFAni ayblamoqda. Umumiy jarohatning aniq sababi o‘tgan mavsumdagi ortiqcha yuklardan kelib chiqqan. «Yunayted» 62 ta o‘yin o‘tkazgan - hattoki «Man Siti»dan ham ko‘p.

Shu bilan birga, Bruno o‘ynalgan daqiqalar bo‘yicha ham peshqadam: barcha musobaqalarda deyarli 6000 daqiqa. Terma jamoa haqida gapiradigan bo‘lsak, Lyuk Shouning yozi shunday ko‘rinish oldi:

•‎3 iyun - Angliya kubogi finali.

•‎ 16 va 19 iyun - Angliya terma jamoasi o‘yinlari.

•‎ 15 iyul - «Manchester Yunayted» bilan mavsumoldi o‘yiniga qaytish.

Bir oylik tanaffus odatda normal hisoblanadi. Ammo bunday anomal mavsumdan keyin bu juda oz.

Mavsum oldidan o‘yinchilarga ortiqcha yuklama berish mavzusini 29 yoshida charchoq tufayli terma jamoani tark etgan Rafael Varan ham ko‘tarib chiqdi:

«Futbolchilar va murabbiylar yillar davomida juda ko‘p o‘yinlarda ishtirok etadi, taqvim haddan tashqari ko‘pligi va futbolchilarning jismoniy va ruhiy holati uchun bu xavfli ekanligidan ular xavotirda. Chempionlar ligasining yangi formati ham ortiqcha yuklama degani. Lekin terma jamoa o‘yinlarini ham unutmaslik kerak. FIFA va UYEFA taqvimga qarashlari kerak. Futbolchilarga yuk ortib bormoqda va bu normal emas», – dedi Varan.

«Manchester Yunayted» 2022/23 yilgi mavsumda jarohatlar bo‘yicha APLda kuchli 6-o‘rindan joy oldi (34): futbolchilar jami 1031 kun va 133 o‘yinni o‘tkazib yuborishdi - masalan, «Siti»dan ikki barobar ko‘p. «Arsenal»ning pozisiyasiga e’tibor bering - nisbatan kam sonli jarohatlar Mikel Artetaga chempionlik poygasida yordam berdi.

Kiritildi: 19:56, 28.08.2023.
O'qildi: 3292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик