Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Olimpiada yo‘lida nodir futbol loyihasi! (3-qism)

Olimpiada yo‘lida nodir futbol loyihasi! (3-qism)

Baho:
+ | -

Futbolimizni har qancha tanqid qilmaylik, ijobiy o‘zgarishlar ham bor, albatta. Deylik, Olimpiada yo‘lida tuzilgan «Olimpik» loyihasi xorijda ham e’tirof etilmoqda. To‘g‘ri, Temur Kapadze boshqaruvidagi klub va terma jamoa uchun asosiy sinovlar endi boshlanadi. Loyiha nechog‘li muvaffaqiyatli chiqqanini U-23 terma jamoa­sining Parij-2024ga yo‘llanma olish-olmasligi ko‘rsatib beradi. Barchasi vaqt hukmidagi masala. Hozircha esa «Sport Den za Dnem» nashri tomonidan «Olimpik» loyihasi xususida tayyorlangan maqolaning yakuniy qismiga e’tibor qaratamiz.

Olimpiada - ham maqsad, ham vosita

Futbolda har qanday lo­yihani faqat natija bilan baholash odatiy holdir. Shuning uchun savol berish vaqti keldi: bunday kuchli tadbirlar to‘plami nega aynan olimpiya o‘yinlariga mo‘ljallangan? Axir agar raqiblar kuchliroq yoki omadliroq bo‘lsa, jamoa qanday o‘ynashidan qat’iy nazar, Parijga borolmasligi mumkin. Boz ustiga, O‘zbekiston olimpiya termasi avvaliga Osiyo chempionatiga yo‘llanma olishi kerak, shundan keyingina OFKga ajratilgan Parij o‘yinlarining 3,5ta yo‘llanmasi uchun kurashga kirishadi. Ko‘rinib turibdiki, Olimpiadaga olib boruvchi yo‘l igna teshigidek minimal darajada tor, vazifa ancha mushkul. «Olimpiya futboli jumladan, mamlakatda sportning rivojlanish darajasiga baho beradi, - deydi O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov. - Bizda yakkalik sport turlari masalasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan, lekin musobaqaga faqat deylik, bokschi yoki kurashchilar bilan borish boshqa, delegasiyani jamoaviy sport turlari vakillari hisobiga kengaytirish bosh­qa. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik davrida mamlakat Olimpiadada hech qachon jamoaviy ko‘rinishda chiqish qilmagan! Bizda futbolni hamma yaxshi ko‘radi, barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimiz Osiyo chempioni bo‘ldi. 2018 yili 23 yoshli futbolchilarimiz Xitoyda Osiyo kubogini qo‘lga kiritishdi. 2019 yili esa jamoa hatto kuchli uchlikka ham kirolmadi. Chunki tarkibning yarmi tarqatib yuborilgandi 21 yoshli bolalar bilan o‘ynagan yapon va koreyslardan farqli o‘laroq. Ya’ni ular maqsadli ravishda Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishdi, biz esa... Darvoqe, o‘tgan yili buning aksi kuzatildi: biz jamoani olimpiya o‘yin­lariga tayyorladik, Saudiya Arabistoni esa bor e’tiborini hech narsa bermaydigan turnirda g‘alaba qozonishga qaratdi. Qisqasi, hozir hammamiz shu jarayon ichidamiz - Ravshan Ermatov, Saken Polatov va men. Barchamiz futbolda ko‘p narsalarni ko‘rganmiz. Ha, tushunamiz, ehtimoliy muvaffaqiyatsizlikdan hech kim himoyalanmagan. Masalan, O‘zbekiston boks jamoasi Rio Olimpiadasida 7ta medal yutdi va Tokioda natija yanada yaxshilanishi kutilgandi. Amalda esa bu gal 1ta medal bilan cheklandik. Shunga qaramay, hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bor, tushunish ham va bu juda muhim. Jumladan, futbolga alohida yondashuv nuqtai nazaridan. Oldin faqat milliy terma jamoa yig‘inlariga e’tibor qaratilardi, endi olimpiya, yoshlar va o‘smirlar termalari, qolaversa, ayollar va futzal jamoalariga ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Mana, Janubiy Amerika, Afrika va Yevropa jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etilmoqda, xorijda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazilmoqda».

Olimpiadaga chiqish strategik g‘oyasida bir vaqtning o‘zida ham maqsad, ham vosita yashirin - futbolga butun «yangi qon daryosi»ni burish. E’tiborli tomoni, har ikki yo‘nalish natijasi nihoyatda tez namoyon bo‘la boshladi. Bir tomonda - yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2022 finali va U-20 toifasidagi OKda rasmiylashtirilgan yangi g‘alaba, shuningdek, avtomatik tarzda yoshlar o‘rtasidagi JCH final qismi yo‘llanmasi. Ikkinchi tomonda - tobora o‘sayotgan futbolchilarning milliy jamoaga mutlaqo haqqoniy tarzda kirib kelishlari. Misol uchun, Srechko Katanes mart oyidagi yig‘inga maqolada allaqachon tilga olingan Jiyanovdan tashqari, «Olimpik»ning o‘ng qanot himoyachisi Saidazamat Mirsaidovni ham jalb etdi. Bundan tashqari, markaziy himoyachi Muhammadqodir Hamroaliyev «Olimpik» orqali «Paxtakor»ning asosiy tarkibiga kirib keldi. Futbolchilarga xorijdan ham talab bor, lekin o‘zbeklar yosh yigitlarni qo‘yib yuborishga shoshilmaydilar, chunonchi, «Parij brigadasi» ko‘z oldilarida kafolatlangan o‘yin amaliyoti olishlari muhimdir. «Yigitlar uchun Olimpiadada qatnashish nafaqat muvaffaqiyat, balki katta futbolga yo‘l ham. Oxir-oqibat, agar yoshlar miqyosida bir necha terma jamoa bo‘lsa, har bir pozisiyaga mudom 2-3 nafar yaqqol nomzod topilishi uchun bir-birini to‘liq almashtiradigan futbolchilar avlodlarini shakllantirish kerak. Hatto zaxirada o‘tirgan yigitlar ham munosib raqobat darajasiga ko‘tarilishgani sezilib turibdi. Har qanday holatda ham aytish mumkinki, «Olimpik» loyihasi o‘zini oqlashga ulgurdi. Har bir o‘yin imtihon, axir bizdan natija talab qilinadi», - deydi Temur Kapadze.

«Olimpik»ning yangi  maqsadi

Chempionlik unvoni, albatta. Loaqal kechagina Termiz yoki Qarshida ijara safaridan bo‘shamagan o‘rinbosarlar uchun. Deylik, SSKA o‘rinbosarlar jamoasi chig‘irig‘idan o‘tganlar gap nima haqda ekanligini tezda tushunishadi. Kapadzeda yana bir professional jihati bor: «Olimpik» va shunga muvofiq, unga ishonib topshirilgan terma jamoalar zamonaviy futbol talablariga mos ravishda rivojlanish imkonini beradigan o‘yin uslubi tashviqotchisi bo‘lib qolmoqda. Oddiy aytganda, murabbiy palov bilan kurashish (allaqachon mag‘lub etilgan) va xarakterni tarbiyalashdan tash­qari, futbolchilar bilan taktik tafakkur ustida ko‘p ishlaydi: «Hamisha yigitlar bilan vaziyatni tez ilg‘ash ustida shug‘ullanaman, binobarin, barcha raqiblar boshqacha o‘ynashadi va o‘yin lavhalarini oldindan bilolmaysiz. Misol uchun, agar raqib moslashuvchan bo‘lsa va biz o‘ylagan narsani ko‘rsatmasa, nima qilish kerak? Qaysidir vaziyat oldinga o‘tish imkonini beradimi? Olg‘a! Agar sen kamdan-kam boradigan hududga intilish ma’qul ko‘rinsa va bu raqib hujumini vaqtida sekinlashtirishga yordam bersa, marhamat, shunday yo‘ldan yur. Shuning barobarida futbolchilardan bir o‘yinda ko‘pi bilan ikki marta kuzatiladigan bunday vaziyatlarda mus­taqil qaror chiqarishlarini so‘rayman. Bu fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun muhim. Binobarin, o‘yin jarayonida vaqt bo‘lmaydi va futbolchi tezkor qaror chiqarishi kerak. Shunda o‘zaro tushunish ham yaxshilanib boraveradi».

Hattoki, chekka-chekkada ham muhokama qilinmaydigan yagona omil - bu motivasiya. «Avvalo, yigitlarni vatanparvarlik ruhi harakatlantiradi, - deydi Oybek Qosimov. - Ular ushbu noyob loyihaning bir qismiga aylanishganini yaxshi tushunishadi. Barchasi porloq kelajak, katta martaba uchun imkoniyatdir. Yigitlar minimal ish haqiga rozilar. Ular chempionlik uchun kurashishga odatlanganlar bilan teng darajada o‘ynashmoqda, 19-20 yoshda tanilib ulgurishdi. Ishoning, bu - nodir holat». Vaqtida German Gesse tomonidan ixtiro qilingan kichik ilmiy Kastaliya provinsiyasiga tanlanganlar xuddi shunday holatda bo‘lishgan. O‘ziga xos ushbu mikrodunyoda ritorikani rivojlantirish, falsafaga sho‘ng‘ish, matematik formulalar, musiqa va meditasiyani bilish uchun odatiy sharoitlar yaratilgan. Ammo faqat bir magistr bu mutlaq garmoniyadan ajralib chiqish va o‘z bilimini dunyoga yoyishni xohlagan. U katta, xavfli dunyoni o‘ziga kerakli hisoblagan. Kapadze shogirdlari esa «issiqxona»da qolishmaydi, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdan ham qochishmaydi. U-20 toifasidagi JCHdan keyin... O‘zbekis­tonda yana sabr qilishga tayyorlar. Agar hammasi to‘g‘ri ishlasa, bu oson...

Ivan JIDKOV («Sport Den za Dnem»)

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 28.08.2023.
O'qildi: 1298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.