Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

"Manchester Yunayted" "Arsenal"ga qarshi muhim o‘yinda qanday tarkib tanlaydi?

"Manchester Yunayted" "Arsenal"ga qarshi muhim o‘yinda qanday tarkib tanlaydi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted", hali mavsumning avvali bo‘lishiga qaramasdan, jarohatlar epidemiyasiga duch keldi. Bu esa, klub rahbariyatini transferlar oynasi yopilishiga bir kun qolganida yana qo‘shimcha xaridlarga majbur qilishi mumkin.
"Qizil iblislar" yakashanba kuni "Arsenal" maydoniga safar qiladi. Ammo Erik ten Xag jamoasi o‘zining ideal tarkibidan foydalana olmasligi mumkin. Negaki, asosiy tarkib yulduzlari maydonga tusha olmaydi. Yaqindagina, ularning orasiga Rafael Varan ham qo‘shildi. Natijada "MYU" himoya uchun yana bir transfer qilishiga to‘g‘ri keladi.

Mankunianliklar bu borada Fransiya chempionatiga murojaat qiladi. Ular "Nissa"dan Jan-Kler Todiboni sotib olishni maqsad qilgan. Agarda bu reja ish bermasa, "Arsenal"ga qarshi Viktor Lindelyofdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Hammasidan ham, mudofaada Erik ten Xagni qanot futbolchilari Lyuk Shou hamda Tirell Malasiyalarning yo‘qligi qiynaydi. Shu sababdan qanot uchun ham yangi kuchlar qidirishga to‘g‘ri kelmoqda. "MYU" bu borada "Chelsi"ga taklif bilan chiqib, Mark Kukurelyani so‘radi. Ispaniyalik futbolchi G‘arbiy Londonga bundan atigi bir yil ilgari, "Brayton"dan 63 million funt evaziga kelgandi.

Himoyadagi ikki yangi futbolchi bilan ish bitsa, qani endi? Ammo ten Xag oldida yarim himoyadagi muammolar ham bor. Ularni yopish uchun Meyson Maunt o‘rnini to‘ldirish lozim. Ten Xag bu borada o‘zining sobiq shogirdi Pyer-Emil Xyoybyergni taklif etmoqchi. Bu juftlik o‘tmishda "Bavariya" saflarida birga ishlagan. Hujum chizig‘ini Brunu Fernandesh 10 raqamli futbolchi sifatida boshqaradi. Qanotlarda Reshford va Antoni bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Markaziy hujumchi sifatida esa Antoni Marsyal tanlanadi. Yangi xarid bo‘lgan Rasmus Xyoylunn ham bu bahsga qadar safga qaytishi aytilgan. Ammo u asosiy tarkibda maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" va "MYU" o‘rtasidagi bahs 3 sentyabr, yakshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:01, 31.08.2023.
O'qildi: 3643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик