"Bavariya"ning sobiq himoyachisi Lotar Matteus Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar haqida gapirdi.
"Bundestim bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida Zommer va Klopp bor. Savolim: Yurgen "Liverpul"ni tark etib, jamoani bu tuynukdan olib chiqishga tayyormi?
Nagelsmann hozirda mavjud, ammo u bunday ishga tayyormi yoki yo‘qmi hozircha aniq emas", - deya Lotarning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniya terma jamoasi Yaponiyadan 1:4 hisobida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Xans-Diter Flik jamoa boshqaruvchisi lavozimidan bo‘shatildi.