Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Merson "Arsenal" yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashi kerak ekanligini aytdi

Merson "Arsenal" yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashi kerak ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” klubi sobiq futbolchisi Pol Mersonning fikricha, “kanonirlar” markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolashlari kerak.

"Men Nketianing markaziy hujumchi emasligini ancha oldin aytganman. U bilan siz Premyer-ligada yuta olmaysiz. Haqiqiy hujumchini sotib olish kerak. Mavsum davomida hali ko‘p o‘yinlar bor va Eddi jamoani keyingi bosqichga olib chiqishi dargumon. Jezus ham buni qila olmaydi. Yanvar oyida siz Ayvan Tonini sotib olishga harakat qilishingiz mumkin. Dunyoda markaziy hujumchilar unchalik ko‘p emas. Ularni yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlar deb atash mumkin”, — deb yozadi Sky Sports eksperti.

Toni "Brentford" futbolchisi hisoblanadi. 27 yoshli hujumchining “asalarilar” bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 35 million yevro.

Kiritildi: 12:12, 26.09.2023.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик