Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

O‘n sakkizga kirmagan yulduzlar

O‘n sakkizga kirmagan yulduzlar

Baho:
+ | -

Ko‘pgina klublarda o‘zini tanitishni boshlagan yosh futbolchilar bor. Ehtimol, bu potensial yulduzlardir, shuning uchun ularga doimo qiziqish ortib boradi. Yosh futbolchilar uchun kurashda doimo yuqori raqobat mavjud bo‘lib, bu ularning rivojlanishini kuzatishni yanada qiziqarli qiladi. Keling, 18 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli futbolchilarni ko‘rib chiqamiz.

Matis Tel (“Bavariya”, 18 yosh)

U 2022 yilning yozida “Renn”dan “Bavariya”ga o‘tgandi. Transfer summasi 20 million yevroni tashkil qildi. Myunxenliklar yosh forvardga ishonishdi va u o‘z navbatida raqobatdan qo‘rqmadi. O‘tgan mavsumda fransiyalik futbolchi maydonda har bir uchrashuvda bor-yo‘g‘i 18 daqiqa o‘tkazgan bo‘lsa-da, Bundesliganing 22 o‘yinida 5 ta gol urgan. Joriy mavsumda ham Matis ko‘p vaqt olmaydi, bu uning yoshi va Xarri Keyn jamoaga kelgani hisobiga. Ammo Tel o‘z imkoniyatlaridan foydalanishda davom etmoqda. U Bundesligada 5 ta o‘yinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Uorren Zair-Emeri (“PSJ”, 17)

Bundan bir necha yil oldin unchalik taniqli bo‘lmagan yigitlar “PSJ”da o‘ynashi mumkinligini tasavvur qilish qiyin edi. Kristof Galtye o‘tgan mavsum boshlanishidan oldin hamon yoshlar jamoasida bo‘lgan iqtidorli yarim himoyachi Zair-Emerini tarbiyalashdan qo‘rqmadi. Oxirgi Liga 1da fransiyalik futbolchi 26ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan. "PSJ"ning amaldagi bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchining istiqboliga yuqori baho beradi.

Lamin Yamal (“Barselona”, 16 yosh)

Yamal mavsum boshida eng ko‘p gapirilgan yosh futbolchilardan biriga aylandi. Yosh vinger nafaqat "Barselona"da yorqin debyut qildi, balki bir qancha rekordlarni ham o‘rnatdi. Joriy mavsumda u La Liganing 7 ta o‘yinida hozircha atigi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo vaqt o‘tishi bilan uning faoliyati yaxshilanishi ehtimoli bor. Ko‘pchilik mutaxassislar, jumladan Xavi ham yigitning katta salohiyatini qayd etishmoqda.

Endrik (“Palmeyras”, 17 yosh)

"Real" "Palmeyras"dan Endrik transferini oldindan belgilab qo‘ygan. Bitim summasi 37 million yevroni tashkil etdi. Braziliyaliklar yana 25 million bonus olishlari mumkin. Yosh hujumchi kelasi yozda 18 yoshga to‘lganda "Los Blankos"ga o‘tadi. Joriy mavsumda Endrik Braziliya A seriyasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Hammasi braziliyalikning "qirollik klubi" tizimida o‘zini qanday ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘ladi.

Evan Fergyuson (“Brayton”, 18 yosh)

Fergyuson 2021 yildan beri "Brayton" tizimida. Ammo u haqida nisbatan yaqinda, "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda xet-trikdan so‘ng gapirala boshlandi. Garchi o‘tgan mavsumda ham yosh hujumchi yaxshi o‘ynadi. Premyer-liganing 19 uchrashuvida 6 gol va 2 golga assistentlik qilgan. Endi irlandiyalik mashhurroq. Yozda “Manchester Yunayted” futbolchini sotib olmoqchi edi, biroq “chaykalar” 50 million funtlik taklifni nomaqbul deb hisoblashdi.

Vitor Roke (“Atletiko Paranayense”, 18 yosh)

Kataloniyaliklar yosh forvardni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar, biroq uni bir muddat hozirgi jamoasida qoldirishdi. Bitim summasi bonuslarni hisobga olmaganda 40 million yevroni tashkil etdi. Avvaliga Roke kelasi yozda jamoaga o‘tishi haqida xabar berilgandi. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yanvar oyidayoq La Ligada ishtirok etishi mumkin. Braziliya A seriyasining joriy mavsumida Roke jarohatigacha 22 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 15:16, 30.09.2023.
O'qildi: 3198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.