Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Aleksandr Xomyakov: "Bu o‘yinda birinchi raqam bo‘lib maydonda harakat qildik"

Aleksandr Xomyakov: "Bu o‘yinda birinchi raqam bo‘lib maydonda harakat qildik"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Andijon” – “Muras Yunayted” (2:2) jamoalari ishtirokidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Aleksandr Andreevich, uchrashuv borasida nima deya olasiz?

- Dastlab Qirg‘iziston jamoasiga minnatdorchiligimni bildirib o‘taman. Vaqt o‘tib Andijonga kelishgani uchun rahmat aytmoqchiman. Chempionatimizda biroz tanaffus bo‘lgani bois biz ushbu uchrashuvni kutib turgandik. O‘yin menga har tomonlama ma’qul keldi. O‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lishiga qaramasdan bizni qo‘llab-quvvatlab turganliklari uchun muxlislarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Doim ham bunday klublar bilan o‘yin bo‘lavermaydi. Shu sababli Qirg‘iziston jamoasi bilan yaxshi o‘yin tashkil qildik, deb o‘ylayman. O‘yin va durang natija meni qoniqtirdi. Ba’zi uchrashuvlarimizda ikkinchi raqam ostida o‘ynadik. Lekin bu o‘yinda birinchi raqam bo‘lib maydonda harakat qildik. Shunday ekan, “Muras Yunayted” jamoasiga bu yerga kelib biz bilan o‘ynaganligi uchun tashakkur aytaman.

- Raqib jamoaning o‘yinchilari haqida fikringiz qanaqa?

- Tajribali o‘yinchilari borligi va kuchli jamoa ekanligi ko‘rinib turibdi. Tarkibda yoshi katta, mahoratli futbolchilar borligini ko‘rish mumkin. Alohida ajratib ko‘rsatmayman, ammo birinchi uchrashuvda ham 10-raqamli futbolchisining yaxshi harakat qilganini ko‘rgandim. Umumiy ma’noda aytganda, jangovar jamoaligini ko‘rish mumkin.

- Bugungi o‘yinga oid bo‘lmagan boshqa savolim bor. Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon” jamoasida ovqatlanish bilan bog‘liq muammolar borligi haqida aytilyapti. Bunga munosabatingiz qanday?

- Axir “sariq matbuot”ni kamroq o‘qinglar. Qanday javob berishni ham bilmay qolyapman. Nahotki, bizda shunday muammolar bor deb o‘ylasangiz?! Nahotki, bizda shunday muammolar bo‘lishi mumkin?! Bu kabi muammolar bo‘lishi mumkin emas! Albatta, bu kulguli va xato ma’lumotlar. Bunday xabarlarni yolg‘on deb ta’kidlab o‘taman. Shuning uchun “sariq matbuot”ni o‘qimasligingizni va bu kabi xabarlarga ishonmasligingizni so‘rab qolaman. Kelinglar, ko‘ringlar, iloji bo‘lsa birga ovqatlanamiz.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 08:44, 15.10.2023.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.