Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

O‘zbekiston-Vyetnam o‘yinining nazorat uchrashuvi maqomida o‘tishi ko‘plab savollarni yuzaga keltirmoqda

O‘zbekiston-Vyetnam o‘yinining nazorat uchrashuvi maqomida o‘tishi ko‘plab savollarni yuzaga keltirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston-Vyetnam o‘yinining nazorat uchrashuvi maqomida o‘tishi va natijada, terma jamoamiz FIFA reytingidagi ballardan quruq qolishi - ko‘plab savollarni yuzaga keltirmoqda.

Ko‘pchilik FIFA reytingidagi o‘rnimiz qiziq emas, chunki 2-bosqichga qur’a tashlab bo‘lindi deb o‘ylamoqda. Aslida, reytingdagi o‘rnimiz JCH-2026 saralashining oxirigacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Chunki 3-bosqichda ham Yaponiya, ham Janubiya Koreya kabi terma jamoalar bilan bir guruhga tushmaslik uchun - reytingdagi o‘rnimizni yaxshilashimiz shart. Aks holda, OFKga 8,5 ta o‘rin ajratilishi ham bizga yordam bermasligi mumkin.

Vyetnamga qarshi o‘yinni nazorat uchrashuvi maqomida o‘tkazilishiga kim aybdor?

Xitoy, Vyetnam va O‘zbekiston terma jamoalari oktyabrda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha ancha oldin kelishuvga erishishgan. Janubiy Koreya esa 2-bosqich qur’asidan keyin, Tailand va Singapur bilan bir guruhdan joy olishidan xabar topgach, o‘rtoqlik o‘yini taklifi bilan Janubi-SHarqiy Osiyoning boshqa bir terma jamoasi - Vyetnamga murojaat etadi.

Oktyabr uchun allaqachon 2 ta o‘yinga rozilik bildirgan Vyetnam Koreya taklifini ham qabul qiladi. Xitoy va Koreyaning mezbon davlatlar ekanligi va terma jamoa xarajatlarini qisman qoplashlarini inobatga olgan Vyetnam, FIFAdan yuqoridagi 2 ta terma jamoaga qarshi o‘yinlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘raydi. O‘zbekistonga esa bu haqida o‘yindan 4-5 kun oldin xabar beradi.

Bu vaziyatda terma jamoamiz oldida 2 ta yo‘l qolgan edi:

1. Vyetnamga jahl qilib, o‘yinni bekor qilish va oktyabrda faqat Xitoyga qarshi o‘yinda maydonga tushish. Chunki, o‘yinga bir necha kun qolganida, o‘rtoqlik o‘yini uchun boshqa raqib topishning hech qanday iloji yo‘q. Odatda, terma jamoalar FIFA kunlaridan kamida 1 oy oldin barcha muzokaralarni tugatishadi.

2. FIFA reytingiga bir marta ko‘z yumgan holda, saralash o‘yinlari oldidan barcha futbolchilarni nazorat uchrashuvida sinovdan o‘tkazish.

Vyetnam huquqiy jihatdan hech qanday qoidani buzmagandir, lekin bu ishi bilan nafaqat O‘zbekiston oldida, balki bu voqeadan xabar topgan Osiyoning boshqa terma jamoalari oldida ham o‘z imidjiga jiddiy putur yetkazdi.

Manba: https://t.me/SamvelKarlenich
Kiritildi: 09:18, 16.10.2023.
O'qildi: 2018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.