"Real Madrid"ning braziliyalik vingeri Rodrigo o‘zini eng baxtli futbolchi deb bilishini tan oldi.
“Men o‘zimni dunyodagi eng baxtli futbolchidek his qilyapman. Menimcha, dunyodagi barcha futbolchilar "Real Madrid" tarkibida kamida bir daqiqa o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu o‘ziga xos narsa", - dedi Rodrigo Madrid Universal bilan suhbatda.
Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
To‘qqiz turdan keyin “Qirollik klubi” 24 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Keyingi turda “Real” safarda “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi.