Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Ryudiger "Braga" vakili bilan janjallashganini rad etdi

Ryudiger "Braga" vakili bilan janjallashganini rad etdi

Baho:
+ | -

Antonio Ryudiger "Braga" murabbiyining yordamchisi bilan irqchilik tufayli janjallashib qolishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha "Real Madrid" himoyachisi Chempionlar ligasi doirasida "Braga"ga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba qozonganidan so‘ng, maydon markazida kurash boshlagan edi. “Real”ning bir qancha futbolchilari va bosh murabbiyi Karlo Anchelotti nemis futbolchisini tinchlantirishga urinib, yakunda uni maydondan olib ketishdi.

Cadena Ser nashri xabariga ko‘ra, Ryudigerning xatti-harakati "Braga" murabbiylar shtabi a’zolaridan birining irqiy haqoratiga munosabat bo‘lgan. Qayd etilishicha, "Real" sodir bo‘lgan voqea haqida hech qanday bayonot berishni rejalashtirmayapti.

Ryudigerning o‘zi, o‘z navbatida, unga qarshi irqchilik ko‘rinishlari haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.

"Do‘stlar, hammasi yaxshi, men xotirjamman. U, albatta, meni irqiy haqorat qilmagan - final hushtagidan so‘ng to‘qnashganimizda kichik janjal bo‘ldi. Endi diqqatimizni shanba kuniga qarataylik!" - deb post qoldirdi Ryudiger.

Biroq, Cadena Ser jurnalisti Antonio Romero voqea guvohlariga tayanib, nemis himoyachisi "olovga yog‘ quyishni" istamagani uchun irqchilikka duch kelganini rad etishini aytdi.

Kiritildi: 19:07, 25.10.2023.
O'qildi: 1234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.