Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Romano: "Gavi "Chelsi"ga o‘tadi? Men bu haqda hech narsa bilmayman"

Romano: "Gavi "Chelsi"ga o‘tadi? Men bu haqda hech narsa bilmayman"

Baho:
+ | -

Italiyalik insayder Fabrisio Romano "Barselona" yarim himoyachisi Gavi yaqin kelajakda "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Gavi "Chelsi"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar? Men bu haqda hech narsa bilmayman. Gavi va Pedri "Barselona" loyihasining asosiy o‘yinchilaridir. Men "Chelsi" muxlislarini xafa qilishni xohlamayman, lekin bu mish-mishlarning barchasiga ishonish mumkin emas deb o‘ylayman", - dedi Romano Caught Offside bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gavi "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo bu mish-mishlardan so‘ng yarim himoyachi "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi. Yarim himoyachi ushbu Ispaniya chempionatida 10 ta o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga ega.

Kiritildi: 14:16, 26.10.2023.
O'qildi: 1908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик