Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Kolumbiya hukumati Luis Diasning otasi qayerda ekanligi haqidagi ma’lumot uchun mukofot taklif qildi

Baho:
+ | -

Kolumbiya milliy polisiyasi direktori general Uilyam Rene Salamanka "Liverpul" hujumchisi Luis Diasning otasi qayerda ekanligi haqidagi ma’lumot uchun 10,5 ming yevrogacha mukofot puli e’lon qildi, deb xabar bermoqda BBC Sport nashri.

Manbaga ko‘ra, 120 dan ortiq askar polisiya bilan birgalikda Kolumbiya shimolida futbolchining otasini qidirmoqda. Armiya bayonotida aytilishicha, garovga olinganlarni qidirish uchun yo‘l to‘siqlari o‘rnatilib, ikkita motorli vzvod, uchuvchisiz uchish apparatlari, vertolyotlar va bir radar samolyoti safarbar etilgan.

Avvalroq Kolumbiya prokurori Fransisko Barbosa Diasning o‘g‘irlab ketilgan otasi Venesuelada bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, OAV xabariga ko‘ra, Diasning ota-onasi futbolchining tug‘ilib o‘sgan shahri Kolumbiyaning Guaxira departamentidagi Barrankas shahrida mashina haydab ketayotib, ularning yo‘lini motosiklda o‘g‘irlaganlar to‘sib qo‘yishgan. Kolumbiyalik futbolchining onasi va otasi o‘g‘irlab ketilgan joydan o‘z mashinasida olib ketilgan. Avvalroq futbolchining onasi qutqarilgani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 16:01, 30.10.2023.
O'qildi: 2309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик