Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Parij-2024 saralashining so‘nggi bosqichiga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bugungi uchrashuv yakunlariga ko‘ra Parij-2024 Olimpiadasining yakuniy saralash bosqichiga yo‘l oldi.

Xonda Minori shogirdlari 2-saralash bosqichi "S" guruhi 3-turi doirasida Hindistonga qarshi maydonga chiqib, 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Natijada ayollarimiz guruhda 6 ochko bilan 2-o‘rinni band etishdi.

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi guruhlarda 2-o‘rinni egallaganlar orasida eng yaxshi natija qayd etgani uchun 3-bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ayollar futboli tarixida bunday natija ilk marta qayd etildi.

Hal qiluvchi bosqichga yo‘l olgan jamoalar:

Avstraliya
KXDR
Yaponiya
O‘zbekiston

Ayollarimiz hal qiluvchi bosqichda Avstraliyaga qarshi uy-safar tizimida ikkita uchrashuv o‘tkazadi. O‘yinlar kelgusi yilning 24-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin Toshkentda o‘tkazilsa, javob bahsi Avstraliyada bo‘lib o‘tadi.

2024 yil 24 va 28 ferval
O‘zbekiston - Avstraliya
KXDR - Yaponiya

G‘alaba qozongan 2 jamoa Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:39, 01.11.2023.
O'qildi: 1721 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик