Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Keyn: «Taslim bo‘lmaymiz»

Keyn: «Taslim bo‘lmaymiz»

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Bundesligada «Borussiya Dortmund»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan qarama-qarshilik haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bavariya» uchinchi divizion klubi tomonidan sensasion tarzda Germaniya kubogidan chiqarib yuborilgandi.

«Men Angliyada o‘ynaganimda «Bavariya» va «Borussiya» o‘rtasidagi o‘yin haqida eshitganman. Bular keng jamoatchilikni qiziqtiradigan prinsipial va qizg‘in kurashlar ekanini bilaman. O‘yinga imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bunday o‘yinlar qiziqarli bo‘ladi.

«Borussiya» ustidan qozonilgan g‘alaba kubokdagi muvaffaqiyatsizligimiz uchun o‘zimizni tiklashimizga yordam beradi.

Muxlislarimizga jiddiy zulm qildik va xatoni o‘nglamoqchimiz. Bu og‘riqli mag‘lubiyat, ogohlik qo‘ng‘irog‘i edi, lekin biz taslim bo‘lmaymiz», - dedi ingliz futbolchisi.

Kiritildi: 22:07, 03.11.2023.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик