Moskvaning «Spartak» klubi sobiq futbolchisi Eduard Mor Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan «Arsenal» – «Sevilya» uchrashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bugun «Arsenal» uchun qiyin bo‘ladi. «Sevilya» - yevrokuboklarda o‘zini isbotlagan jamoa. Yevrokuboklarda jamoa har doim yaxshilanib, katta natijalarga erisha oladi», - deya Eduardning so‘zlarini keltiradi «RB Sport».
Uchrashuv Londondagi stadionda bugun, 8 noyabr kuni 01:00da boshlanadi.