Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Vunderkindlar: Bellingemdanda originalroq...

Vunderkindlar: Bellingemdanda originalroq...

Baho:
+ | -

Manchester derbisidan keyin Gvardiola bilan Xoland o‘rtasida dialog bo‘lib o‘tdi.

Ehtimol, ustoz va shogird hech bo‘lmaganda xet-trikka erishishi mumkin bo‘lgan norvegiyalik to‘purarning o‘yindagi kamchiliklarini muhokama qilishgandir. Bellingem ham samarali qarorlar mashinasi, «Real»dek grandda qahramon bo‘lish osonmas. Ronaldu ham Madridga kelganidan ke­yin sermahsul mashinaga aylangan, Guti va Ozil ham anoyi emasdilar, lekin ko‘pincha Kaka kabi zaxirada qolib ketishardi. «PSJ»da Mbappega sermahsullik majburiyati xalal bermoqda. Chunki Enrikening yangilangan jamoasi g‘olib bo‘lishi shart, boshqa jamoaning chempion bo‘lishi poytaxt klubi uchun sharmandalikka teng. Shuningdek, YECHLda ham «Real», «Manchester Siti» va «PSJ»ni faqat «shalpangquloq»ni qo‘lga kiritish qoniqtiradi.

Hikoyamiz qahramoni bo‘lmish Florian Virsning «Bayer»i top-jamoa emas, qudratli «Bavariya»ni taxtdan qulatishiga ishonch yo‘q. Lekin Xabi Alonso o‘z jamoasini mavsumga a’lo darajada tayyorladi. Virs esa fantastik startni namoyish etdi. Boz ustiga, uning maydondagi qarorlari mashhur yulduz maqomidagi kasbdoshlarinikidan ajoyibroq.

Bellingem va Xoland individual sovrinlar orzusidalar. Erling ijrosida Ibragimovich uslubidagi qaltis zarbalarni ko‘rmaysiz, Jud xuddi Mbappe kabi driblingni behuda sarflamaydi. Florian esa bitta raqibini bir necha marta aldab o‘tishi mumkin, ayrim uzatmalari tavakkalga asoslangan. Lekin maydonda ayrim yulduzlar kabi xudbin emas. To‘g‘ri, Xoland ham Bundesligada o‘ziga erk bergan holda to‘p surardi, APLda undan gollar kolleksiyasini talab qilishadi.

Erkin futbol bobida Virs Bellingem bilan bemalol bellasha oladi. «Bayer» sovrinlar seriyasi xususida bosh qotirmaydi, uning oldida «Barsa»dagidek «El Klasiko»da zafar quchish majburiyati yo‘q. Biroq muxlislar auditoriyasi nisbatan kichikroq bo‘lgan nemis o‘g‘loni ham kuchli taassurot qoldirdi. Hatto oyog‘idan olgan jiddiy jarohati ham bunga to‘siq bo‘la olmadi.

Florian murakkab shikastni yengdi

265 kunni maydon chetida o‘tkazish, ayniqsa, iqtidorli vatandoshi Musialadan farqli ravishda JCH «zayavka»sidan joy olmaslik achinarli yo‘qotish, albatta. Biroq «dorishunoslar»ning hujumkor yarim himoyachisi uchun eng muhimi - mushak paylaridagi xavfli xastalikdan forig‘ bo‘ldi. Ha, u birdaniga sog‘a­yib ketgani yo‘q, lekin Xabi Alonso bilan o‘tkazilgan uzoq muddatli osoyishta mashg‘ulotlarda sport formasini tiklab oldi.

Virsning faoliyatida sermahsul mavsum ham bo‘ldi. Aynan jarohat olishi arafasida u Bundesliganing 24 uchrashuvida 7ta gol va 10ta assistni rasmiylashtirgan. Biroq uning o‘yini nafaqat natijalar, balki o‘ziga xos nostandart yechimlari bilan ham maftun etadi. Nomdor jamoalarda to‘p suradigan yosh iqtidorlarda unikichalik original yurishlar yo‘q. Virs o‘zining uzatmalarini himoyachi harakatiga qarama-qarshi tomonga yo‘llaydi, aldamchi harakatlari bilan 2-3 nafar raqibidan o‘zib ketadi. «Ortiqcha harakat» iborasi unga begona.

Rejani amalga oshirish uchun nechta yurish kerakligini faqat Florianning o‘zi hal qiladi. Bu jihatdan, u Maradona, Gaskoyn va Azar kabi ijrochilarga juda o‘xshash, «parashyut» uslubidagi uzatmalari esa Totti va Ronaldinyoni eslatadi. Ana shu mahorati evaziga u «Bayer»ning rekord o‘rnatishiga yordam berdi.

Florianda daholarga xos  nishonalar bor

Virs - muxlislar erkatoyi. Bir necha yil muqaddam uni boshqalarga o‘xshamaydigan, o‘zgacha bolakay sifatida e’tirof etishardi. Jahon miqyosidagi yuksak salohiyatga ega ekanligi yaqqol sezilib turar, «Monako» davridagi navqiron Mbappedan farq qilmasdi. Florian Ronaldu yoki Messining uslublaridan ko‘chirma olishni istamadi, bor kuch-mahoratini o‘z usulini yaratishga sarf­lamoqda. Bu jihatdan Virs yangi asrning ikki dahosidan ko‘ra, Inyesta, Xavi hamda Modrichni ko‘proq eslatadi. U hatto Tomas Myullerning samarali uzatmalaridan nusxa ko‘chirishni istamaydi. Aslida, qaysidir afsonaga taqlid qilishning u uchun keragi yo‘q. Chunki Florian yaqin kelajakda katta futboldagi eng yorqin, mustaqil yulduz maqomiga ko‘tarilsa, ajablanmaymiz. Asosiy muammo shundaki, o‘z vaqtida ketishga barcha germaniyalik futbolchilar jur’at etavermaydilar. Masalan, Kroosni «Bavariya»dan quvib chiqarishdi, yetarlicha baho bera olishmadi. Biroq boshqalar o‘z faoliyatini faqat o‘sha yerda o‘tkazishi uchun Myunxen darvozalari tunu-kun ochiq.

Albatta, agar Musiala De Bryuyne o‘rnini egallasa, Myuller esa nafaqaga yo‘l olsa, Bundesligadagi favoritlik rolini leverkuzenlik navbatdagi noyob iqtidor egallashi mumkin. Ya’ni, Ze Roberto va Ballakdan keyin bebaho hujumkor o‘yinchini tortib olishlariga shubha yo‘q. Virs barcha harakatlar - bo‘sh hududni egallash, dribling, vaziyatlardan samarali foydalanishni osonlik bilan, o‘ziga xos uslub tezlikda amalga oshiradi. Agar bu yog‘iga hujumkor yarim himoyachining salomatligi talab darajasida bo‘lsa, tez orada butun dunyoga taniladi. Buning uchun o‘ziga munosib klubni topishi lozim.

Bu klub aynan «Bavariya» bo‘lishi uchun hech qanday asoslar bo‘lmagani bois, futbolchi boshqa variantlar haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Moliyaviy muammolar girdobida qolgan «Barselona» Virs haqida og‘iz ochishga qodir emas, «Real»da Bellingem bor. Lekin Florianda u uchun qayg‘uradigan aqlli Xabi Alonso bor - birgalikda kerakli jamoani topa oladilar.

Germaniyalik qahramonimiz megayulduz maqomiga ko‘tarilishiga shubha yo‘q, axir u endigina 20ga chiqdi. bu yoshda Ronaldinyo ham olis Braziliyaning «Gremio»sida to‘p surib yurgandi. Florian Virsning yuksak cho‘qqilarga tezroq ko‘tarilishiga tilakdoshmiz. Sababi, barqaror charm to‘p ustalari avlodini u kabi noyob iqtidorga loyiq topilgan o‘yinchilar davom ettiradilar. Florianning Messi va Ronaldu singari sabr-bardoshli bo‘lishiga kafolat yo‘q, ammo u ham xuddi o‘z teng­doshi Jud kabi nodir o‘yinchi, mavsum starti qahramoni.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 23.11.2023.
O'qildi: 2038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.