Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"MYU" "Everton" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

"MYU" "Everton" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Everton"ning 21 yoshli markaziy himoyachisi Jarrad Brentueytga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

TeamTALK nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Brentueyt "!mankunianliklar" uchun 1-raqamli transfer maqsadi hisoblanadi. Shu bilan birga, "qizil iblislar" rahbariyati "Everton" o‘z futbolchisini qishda qo‘yib yubormasligini tushunadi, shuning uchun uni kelasi yozda sotib olishni kutishmoqda.

E’tiborli tomoni shundaki, "Manchester Yunayted" jiddiy tozalashni rejalashtirmoqda. Bu markaziy himoyachi pozisiyasiga ham ta’sir qiladi - xususan, Rafael Varan asosiy tarkibga tushmay, jamoani tark etadi, Viktor Lindelyof va Jonni Evansning shartnomalari uzaytirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Brentueyt Niderlandiyaning PSV klubida ijara asosida o‘ynab, yozda "Everton"ga qaytgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda "Everton" safida 12 ta o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 10:42, 25.11.2023.
O'qildi: 1207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик