Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Bavariya" futbolchisi yangi shartnomani rad etdi va "Real"ga o‘tishga qaror qildi

"Bavariya" futbolchisi yangi shartnomani rad etdi va "Real"ga o‘tishga qaror qildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis joriy mavsum yakunlanganidan keyin Myunxen klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Uning xizmatlariga "Real Madrid" qiziqish bildirmoqda.

"Los-Blankos" 23 yoshli kanadalik futbolchining vakillari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘ygan va bu uning hozirgi jamoasidagi kelajagiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

Myunxenliklar jamoasining asosiy himoyachisi klub bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha takliflarga e’tibor bermayapti va tobora "Real"ga o‘tishga moyil bo‘lmoqda, deb xabar beradi Relevo nashri.

Eslatib o‘tamiz, Devis “Bavariya”da 2019 yildan buyon o‘ynab kelmoqda va uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda chap qanot himoyachisi myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:00, 02.12.2023.
O'qildi: 7844 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик