Fransiya terma jamoasi hujumchisi, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Olivye Jiru Yevro-2024 uning terma jamoadagi so‘nggi turniri bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
"Men qisqa muddatli rejalardan boshqa hech qanday reja tuzmayman. Eng muhimi, chiniqqan va raqobatbardosh bo‘lish, bo‘lajak Yevropa chempionati - asosiy maqsad.
Biz 2016 yilda deyarli yevro yutgandik va bu men Fransiya bilan yutishni istagan kubok. Bu mening so‘nggi turnirim bo‘lishi mumkin, ammo bundan keyin nima bo‘lishini sizga ayta olmayman" - dedi Jiru TéléFoot nashriga.