Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

APLda eng yaxshilarning eng yaxshilari

APLda eng yaxshilarning eng yaxshilari

Baho:
+ | -

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotlar soni uning maydondagi futbolchi sifatidagi xizmatlarini baholash uchun ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu mukofotlar o‘yin natijalariga katta ta’sir ko‘rsatadigan hal qiluvchi hissadir.

Keling, Premyer-liganing joriy mavsumida eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan besh nafar futbolchini ko‘rib chiqaylik.

Erling Xoland, Manchester Siti - 3 marta o‘yinning eng yaxshi futbolchisi

 

Erling Xoland «Manchester Siti» uchun ajoyib formada. U bu mavsumda gol urishda davom etdi. U chempionatda 15 ta uchrashuvda 14 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Norvegiyalikning gollari yana «Siti» uchun hal qiluvchi bo‘ldi va u ularning hujumkor o‘yiniga biroz ziravor qo‘shdi desak ham bo‘ladi.

Muhammad Saloh, «Liverpul» - 4 marta o‘yinning eng yaxshi futbolchisi

 

Muhammad Saloh Premyer-liganing 2023/24 yilgi mavsumida har doimgidek muxlis va mutaxassislarda katta tassurot qoldirmoqda. U deyarli har bir o‘yinda ta’sir o‘tkazish yo‘lini topdi. Saloh joriy mavsumda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan APL to‘purarligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Mashhur misrlik shuningdek, yettita golli uzatmani amalga oshirdi. 32 yoshli Saloh «qizillar»ning hujumdagi asosiy o‘yinchisi bo‘lishda davom etmoqda.

Jeremi Doku, «Manchester Siti» - 4 marta «Eng yaxshi futbolchi» mukofoti

 

Jeremi Doku «Manchester Siti» hujumiga ajoyib qo‘shimcha bo‘ldi. Belgiyalik futbolchi shu yozda «Renn»dan 60 million yevro evaziga shartnoma imzolagan va Angliyadagi faoliyatini umidli boshlagan. Uning himoyachilarni dog‘da qoldirish qobiliyati bu mavsumda Premyer-ligada deyarli tengsiz. Doku «Siti» safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Brunu Fernandesh, «Manchester Yunayted» - 4 marta «eng yaxshi futbolchi» sovrini

 

«Manchester Yunayted» hozirda 2023/24 yilgi mavsumning eng beqaror jamoasi bo‘lib turibdi. Yangi mavsumning dastlabki bosqichida bir nechta asosiy o‘yinchilar jarohat olgani sababli, «qizil iblislar» doimo yaxshi va yomon o‘yinlar o‘rtasida tebranib turishdi. Sardor Bruno Fernandesh «Manchester Yunayted» safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Agar «Yunayted» hujumchilari u yaratgan imkoniyatlarning yarmini qo‘ldan boy bermaganlarida Bruno yana ko‘p golli uzatmalarni amalga oshirgan bo‘lardi.

Bukayo Saka, «Arsenal» - 5 marta «eng yaxshi futbolchi» mukofoti

 

Bukayo Saka ayni damda dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot vingerlaridan biri. Saka so‘nggi mavsumlarda «Arsenal»ning hujumlarida asosiy omil bo‘ldi va bu mavsumda jamoaning eng barqaror o‘yinchisi bo‘lib qolmoqda. Bukayo APLda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:51, 13.12.2023.
O'qildi: 2280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.