Rasmus Xeylund Premyer-ligadagi ilk golini urdi.
"Manchester Yunayted" hujumchisi Angliya chempionatining 19-turida (3:2) "Aston Villa" darvozasini ishg‘ol qildi.
Daniyalik futbolchi Premyer-ligadagi 15-uchrashuvini o‘tkazdi. U ushbu musobaqadagi ilk golini kiritdi.
Umuman olganda, 20 yoshli forvard "Yunayted" safida barcha musobaqalarda 23 o‘yinda 6 ta gol urdi.