Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Makkenni: "Italiyada mentalitet juda yopiq"

Makkenni: "Italiyada mentalitet juda yopiq"

Baho:
+ | -

Ueston Makkenni italiyaliklarni ochiqroq bo‘lishga chaqirdi.

"Menga Italiyadagi odamlar yoqadi, ammo mentalitet juda yopiq, garchi to‘liq bo‘lmasa ham.

Ko‘p narsa an’anaga asoslangan, bu ajoyib, lekin siz ochiq fikrli bo‘lishingiz kerak. Misol uchun, men pesto, pomidor va tovuq go‘shti qo‘shilgan makaronni iste’mol qilaman va atrofimdagi hamma: "Jirkanch! Qo‘ysangchi!" - deydi.

Muammo shundaki: hamma buni jirkanch deb aytadi, lekin o‘zlari buni hech qachon sinab ko‘rmagan.

Italiyada hamma amerikaliklar faqat beysbol, basketbol va hokazo o‘ynaydi, deb o‘ylaydi. Uch yarim yil oldin, bu yerga kelganimda, hamma mening kimligimni so‘radi: “Amerikalikmi? U futbol o‘ynashni biladimi?

Hozir Pulishich va Musa "Milan"da, Tessmann va Buzio "Venesiya"da, Vea "Yuventus"da o‘ynashadi. Endi hamma amerikaliklar futbol o‘ynashni bilishini biladi" - dedi "Byankonerilar" yarim himoyachisi 19F Podcast bilan suhbatda.

Kiritildi: 21:31, 28.12.2023.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик