Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

APL. «Arsenal» o‘z uyida «Vest Hem»ga mag‘lub bo‘ldi va 2-o‘ringa tushdi, «Brayton» esa «Tottenhem»ni taslim etdi

APL. «Arsenal» o‘z uyida «Vest Hem»ga mag‘lub bo‘ldi va 2-o‘ringa tushdi, «Brayton» esa «Tottenhem»ni taslim etdi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 19-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 28 dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Arsenal” o‘z maydonida “Vest Hem”ni qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mehmonlar safida Tomas Souchek va Konstantinos Mavropanos o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

“Tottenhem” esa “Brayton” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Jek Hinshelvud hisobni ochdi. 23-daqiqada Joau Pedro penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 63-daqiqada esa Pervis Estupian “Brayton”ning uchinchi goli muallifiga aylandi. 75-daqiqada Pedro yana bir bor penaltini aniq amalga oshirdi. 81-daqiqada Alexo Veliz hisobni qisqartirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Ben Devis “shporlar” safida gol muallifi bo‘ldi. Shu tariqa o‘yinda 4:2 hisobida “Brayton”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Natijada "Tottenxem" 5-pog‘onada qolgan bo‘lsa, "Brayton" 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Arsenal" esa ushbu turdan keyin 1-o‘rinni "Arsenal"ga bo‘shatib berdi.

APL, 19-tur
28 dekabr, payshanba
“Arsenal” — “Vest Hem” 0:2
Gollar: 0:1 – 13 Souchek, 0:2 – 55 Mavropanos.
“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Nelson, 64), Edegor, Rays, Trossard (Smit-Rou, 79), Martinelli (Nketia, 64), Saka, Gabriel Jezus.
“Vest Hem”: Areolya, Soufal, Ogbonna, Mavropanos, Emerson, Uord-Prouz, Souchek, Lukas Paketa (Benrahma, 33), Alvares, Kudus, Bouen.
Ogohlantirishlar: Nelson (72), Gabriel Jezus (90).

“Brayton” — “Tottenhem” 4:2
Gollar: 1:0 – 11 Hinshelvud, 2:0 – 23 Joau Pedro (penalti), 3:0 – 63 Estupinyan, 4:0 – 75 Joau Pedro (penalti), 4:1 – 81 Velis, 4:2 – 85 Devis.
“Brayton”: Stil, Dank, van Xekke, Igor Julio (Estupinyan, 46), Gross, Milner (Moder, 69), Gilmor, Buonanotte (Baleba, 59), Hinshelvud, Uelbek (Fergyuson, 69), Joau Pedro (Lallana, 90).
“Tottenhem”: Vikario, Porro, Devis, Emerson, Udoji, Hyoyberg, Kulusevski, Sarr (Xil, 65), Son Hyon Min, Jonson (Velis, 70), Risharlison (Lo Chelso, 65).
Ogohlantirishlar: Kulusevski (23), Buonanotte (43), Risharlison (57), Moder (70), Dank (82).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:53, 29.12.2023.
O'qildi: 1374 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.