Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

Angliya kubogi. Yaralangan "Arsenal" quturgan "Liverpul"ni qabul qiladi (prevyu)

Angliya kubogi. Yaralangan "Arsenal" quturgan "Liverpul"ni qabul qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -

"Arsenal" bugun o‘z uyida APL yetakchilari bo‘lgan "Liverpul"ni qabul qiladi. Mikel Arteta shogirdlari 2023 yilning so‘nggi kunlarida yuz bergan voqealarni ushbu uchrashuvda yuvishga harakat qilishi kutilmoqda. Negaki, to‘pchilar so‘nggi ikkita turda Londondagi qo‘shnilari bo‘lmish "Fulxem" va "Vest Xem"dan mag‘lubiyatga uchradi.
Ammo bu safargi to‘qnashuv APLda emas, balki Angliya kubogida kechadi. Bu turnir esa "Arsenal"niki. Tarixda hech bir klub Angliya kubogini "Arsenal"dan ko‘proq boshi uzra baland ko‘tarmagan. Ushbu musobaqada oxirgi marta "Liverpul" va "Arsenal" to‘qnashuvi bundan o‘n yil ilgari, 2014 yilda yuz bergandi. O‘sha yili, yakunda "Arsenal" chempionlikni qo‘lga kiritgan. Xo‘sh, bu safar ham shunday bo‘ladimi? Buni mavsum oxirida bilib olamiz. E’tiborimizni esa uchinchi bosqichdagi markaziy uchrashuv bo‘lmish "Arsenal" va "Liverpul" bahsiga qaratamiz.

Ushbu juftlikning to‘qnashganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. 23 dekabrda Arteta va Klopp shogirdlari "Enfild"da 1-1 hisobidagi durangga imzo chekkan edi. Bu safar "Arsenal"ga g‘alaba zarur bo‘lib turibdi. Ammo "Liverpul" ham bo‘sh kelmaydi. Bu jamoa APL kuchli yurishni amalga oshirmoqda. Mersisaydliklar safida Muhammad Saloh bo‘lmaydi. U Misr terma jamoasi safiga Afrika Millatlar kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan. Shunga qaramay, bu muammoga yechim topish Klopp uchun katta muammo bo‘lmasligi aytilgan.

Jamoalar sport formasi haqida

"Arsenal" so‘nggi 5 ta o‘yinda 15 ochko olishi mumkin edi. Ammo londonliklar faqat 4 ochko bilan cheklanishga majbur bo‘ldi. Ko‘pchilik bu jamoadan APL g‘olibligini kutayotgan edi. Biroq, bu tobora qiyinlashib bormoqda. "Liverpul"da esa mutlaqo teskarisi. So‘nggi 15 ta bahsda bu jamoa birorta mag‘lubiyat qayd etmadi. Klopp buni bugungi o‘yinda 16 taga yetkazib qo‘yishi mumkin. Ammo bir narsani unutmaslik kerak: "Liverpul" kuchli oltilikka qarshi hali birorta g‘alaba qayd eta olgani yo‘q. Shunga qaramay, jamoalar faqatgina g‘alaba uchun harakat qilishlari aniq.

Jarohat olganlar haqida

"Arsenal" endigina jarohatdan qaytgan Takexiro Tomiyasuni yo‘qotdi. Himoyachi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Yaponiya safiga jo‘nab ketdi. Shuningdek, Afrika kubogi sababli yarim himoyachi Muhammad Elneni ham to‘pchilarga yordam bera olmaydi. Qolaversa, jarohat tufayli Zinchenko, Parti, Viyeyra va Timberlar qaydnomaga kiritilmasligi kutilmoqda.
"Liverpul"da ham raqiblariga o‘xshash hodisa kuzatilmoqda. Xususan, Saloh Elneni kabi Misr terma jamoasiga ketgan bo‘lsa, Endo Tomiyasu bilan Yaponiya sharafini himoya qilish uchun shaylangan. Boshqa tarkib futbolchilari ichida Tiago, Baychetich, Robertson, Matip, Simikas va Soboslailar Londonga sayohatni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Bosh murabbiylar nima deydi?

Klopp Arteta 2019 yildan beri "Arsenal"da qilgan ishlarini yuqori baholashini aytadi. U shunday deydi: "Mikel o‘zi istagan jamoani qurdi. Hozir ularga bas kelish juda qiyin. Jamoada kuchli, tezkor, texnikali va tartibli futbolchilar bisyor. Bugungi "Arsenal" yildan yilga yaxshilanib bormoqda".
Artetaga ko‘ra, "Liverpul"ning darajasi doimgidan oshgan: "Men umrimda bunday o‘yin ko‘rmagan edim. "Liverpul" Angliyada doimo eng yaxshilar qatorida bo‘lgan. O‘z uyimizda bo‘lishimizga qaramay, bizga oson bo‘lmaydi. Raqibga moslashib, g‘alabaga intilamiz. Bu bizning muhim maqsadimiz. Angliya kubogini yaxshi ko‘ramiz. Menimcha, yana bir titul bizga zarar qilmaydi".

Eslatib o‘tamiz, Angliya kubogining 3 bosqichidan o‘rin olgan "Arsenal" va "Liverpul" o‘rtasidagi bahs bugun, Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:01, 07.01.2024.
O'qildi: 3145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.