Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekiston «futbol fabrikalari»

O‘zbekiston «futbol fabrikalari»

Baho:
+ | -

Tan olish kerak, mamlakatimizda ko‘plab sohalar qatori futbolda ham o‘sish kuzatilmoqda.

Bunga so‘nggi yillarda yoshlar sektoriga ulkan e’tibor qaratilayotgani sababdir, albatta. Fikrimiz isboti o‘laroq, keng ko‘lamda zamonaviy futbol maktablari ishga tushirilayotganini keltirish mumkin. Ularda muhayyo qilingan sharoitlar tahsinga sazovor holatda. Ayniqsa, mashg‘ulot jarayoni uchun maydonlar, sport liboslari va hokazo...

Biz uchun quvonarlisi, yurtimizda yildan yilga oliy talablarga javob beradigan futbol dargohlari ko‘payib bormoqda. Muxlislarga allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan «Paxtakor» va «Bunyodkor» (Toshkent), «Nasaf», «Mash’al» hamda «Sho‘rtan» (Qashqadaryo vil.) akademiyalari qatori qolgan barcha viloyatlarda futbol maktablari birin-ketin faoliyat boshlamoqda. Jumladan, «Odil Junior» maktabi ham oxirgi yillar jadal rivojlanmoqda. Dono xalqimizda ajoyib bir naql bor: «Qilingan mehnat samarasiz qolmas». Qisqasi, reja bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘zbek futbolida o‘z samarasini ko‘rsata boshladi.

Qarang, turli yosh toifasiga mansub terma jamoalarimiz nafaqat Osiyo, balki jahon arenalarida ham o‘z so‘zini baralla aytmoqda. Xususan, o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz qit’ada chempion bo‘lishga ulgurdi. Har ikki yosh toifasidagi jamoamiz kichik mundiallarda ham munosib ishtirok etmoqda. Ravshan Haydarov bosh­qaruvidagi yoshlar terma jamoamizni tilga olishimiz bilan qit’a birinchiligidagi qorli final yodimizga tushadi. Shu holda olimpiyachilarimiz finalda Vyetnam yoshlar termasini matonat bilan mag‘lubiyatga uchratishganini maroq bilan eslaymiz. Ravshan Haydarov shu bilan cheklanib qolmay, o‘tgan yili 20 yosh toifasidagi futbolchilar bilan ham Osiyo chempio­natida g‘alabani ta’minladi. Yoshlarimiz ke­yinchalik mundialda ham chakki ishtirok etishmadi. 2023 yili Temur Kapadze boshqaruvidagi olimpiya terma jamoamiz ham Osiyo o‘yinlarida sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jamoliddin Rahmatullayev shakllantirgan o‘smirlar termasi esa o‘z toifasida qit’a yetakchilari qatorida e’tirof etildi. Yakunda o‘smirlarimiz ham kichik mundialga yo‘l olib, Indoneziya maydonlarida chakki taassurot qoldirishmadi. Yigitlarimiz ayniqsa, guruh raundida ispaniyalik tengqurlariga qarshi kechgan bahsda kuchli matonatga ega ekanliklarini namoyon etishdi.

Aynan o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida toblangan iqtidorlarimiz bugun Yevropaning kuchli chempionatlariga talpinishmoqda. Xususan, Abduqodir Husanov («Lans»), Abbos Fayzullayev (SSKA), Umarali Rahmonaliyev («Rubin») kabi yigitlarimizni bo‘lajak yulduzchalarimizga o‘rnak sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Tabiiyki, bu kabi yutuqlar o‘z-o‘zidan kelayotgani yo‘q, albatta. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, barchasining ortida mamlakatimiz bo‘ylab keng yoyilayotgan futbol maktablari turibdi. Hozir bemalol ta’kidlash mumkin - O‘zbekiston o‘z «futbol fabrikalari»ga ega mamlakat!

Samandar ARABOV

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 08.01.2024.
O'qildi: 1463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик