Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Mustahkam himoya ramzi bo‘lgan, o‘ziga xos himoya uslubini yaratgan germaniyalik «kayzer» Frans Bekkenbauer haqida

Mustahkam himoya ramzi bo‘lgan, o‘ziga xos himoya uslubini yaratgan germaniyalik «kayzer» Frans Bekkenbauer haqida

Baho:
+ | -

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Frans Bekkenbauer 78 yoshida vafot etdi.

Uning nomi mustahkam himoya bilan bog‘liq birinchi assosiasiyalardan biri bo‘lib qoladi. Keling, Bekkenbauer faoliyatiga nazar solamiz.

Frans futbol uchun sug‘urta kompaniyasidan ketgani uchun uning ota-onasi qattiq janjallashib qolgan. Keyinchalik Bekkenbauer nafaqat “Bavariya”, balki, futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biriga aylanadi

Aynan u libero pozisiyasida himoyaviy inqilobni uyushtirgan va ikkita “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan yagona himoyachiga aylandi.

13 yoshidayoq Frans bolalarga xos bo‘lmagan qat’iyat ko‘rsatgan. U 1950 yillarda shaharning eng yorqin klublaridan biri bo‘lgan “Myunxen 1906” klubida shug‘ullanardi, lekin akademiyaga qabul qilinmagan. Pul bilan bog‘liq muammolar tufayli boshliqlar o‘z shogirdini Bavariyaning mashhur jamoasiga o‘tkazishga rozi bo‘lgan.

Ammo kelishuvni o‘zaro o‘yin buzdi: yoshlar o‘rtasidagi turnir finalida “1860” yigitlari shu qadar qo‘pol o‘ynaganki, natijada ikkala jamoa futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv yuzagan kelgan. Frans qulog‘idan juda qattiq zarbani qabul qilib olgan va maydonda o‘z kelajagi borasida qarorni qabul qilgan — agar chiqish yo‘li bo‘lmasa, boshqa, hatto kuchsizroq jamoaga bo‘lsa ham o‘tadi. Kiyim almashtirish xonasida jamoadoshlari uni qo‘llab-quvvatladi va keyingi oy ular birgalikda “Bavariya” mashg‘ulotlarini to‘ldirgan.

Hozir “Bavariya”ning buyukligi yaqqon ko‘rinib turadi, biroq o‘shanda bu klub 1963 yilda tashkil topgan Bundesligaga ham taklif etilmagan. Fransning ota-onasi klubga umuman ishonmagan, shuning uchun o‘g‘li futbolga diqqatini qaratish maqsadida sug‘urta agenti stajyori sifatidagi ishini tark etganidan so‘ng janjal qilgan. Biroq, ular tez orada tinchlandi, chunki Bekkenbauer yoshlar terma jamoasiga o‘tgandi. Ammo u darhol muammoga duch kelgan.

Uning 18 yoshli qiz o‘rtog‘i homilador bo‘lib qolgan va Frans unga uylanmasligini bilgach, qasos olgan. Qiz o‘zining ota-onasi bilan birgalikda Germaniyaning asosiy futbol amaldorlariga qadar yetib borgan va ular Bekkenbauerni “noo‘rin xatti-harakatlari” tufayli terma jamoada o‘ynashini taqiqlagan. Lekin Fransning omadi kelgan, asosiy jamoa ustozi Dettmar Kramer iste’dodli futbolchini himoya qilib, mutasaddilarni bo‘lajak katta futbolchini sindirish xavfi borligiga ishontiradi.

Keyinchalik barchasi o‘z iziga tushib ketgan: Bekkenbauer 19 yoshida “Bavariya”ning asosiy tarkibida debyutini o‘tkazadi, 20 yoshida esa klubni Bundesligaga yetaklagan hamda GFRdan chaqiruv olgan. Terma jamoadagi debyut dabdabali o‘tgan: Shvesiya ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba, Angliyada bo‘lib o‘tadigan 1966 yilgi mundialga yo‘llanma va Fransning hujumkor o‘yini muxlislarni hayratga solgan. 22 yoshida u Kubok egalari Kubogini qo‘lga kiritgan, bir yildan so‘ng Frans Rot, Zepp Mayer va Gerd Myuller uni sardor etib saylagan. U Myunxen klubi safida 19 yilini o‘tkazib, 427 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Frans libero pozisiyasini rivojlantirgan. Uchinchi urinishda Jahon Chempionligini qo‘lga kiritgan.

1966 yilgi Jahon Chempionati Bekkenbauer uchun ajoyib kechdi.

Guruh bosqichida u shveysariyaliklar darvozasiga ikkita gol urdi va GFRning Ispaniyadan o‘tib ketishiga yordam berdi. So‘ngra chorak finalda Urugvayni, yarim finalda esa SSSR taslim etildi. Ammo turnirning asosiy o‘yini omadsiz kechdi: Angliya terma jamoasi Jeff Herst (het-trik) va Bobbir Charton (shunchaki yorqin o‘yin namoyish etgan) kabi futbolchilarning mahorati evaziga qo‘shimcha bo‘limlarda 4:2 hisobida zafar quchgan. Keyinchalik Frans chiroyli tarzda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan: “Ular faqatgina Bobbi Charton mendan bir oz yaxshiroq bo‘lgani uchun g‘alaba qozondi. Shu xolos”.

1970 yilgi mundial Bekkenbauer uchun muvaffaqiyatsiz o‘tgan.

Germaniya guruh bosqichidagi 3 ta g‘alabadan so‘ng chorak finalda 4 yil oldingi mundialda alami qolgan Angliyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Asosiy bo‘limlarda GFR 0:2 hisobini durangga ayalntirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi gol Bekkenbauer hisobiga yozildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Gerd Myuller tomonidan kiritilgan gol 4 yil oldingi qasosni olinishiga sababchi bo‘ldi. Yarim finalda GFRni italyanlar kutib turardi. Qo‘shimcha bo‘limlargacha yetib borgan ushbu o‘yin 4:3 hisobida Italiyaning g‘alabasi bilan yakunlangan.

JCH—1974 da esa missiya bajarilgan.

60 yillar oxirida “Bavariya”da u ilk bor libero pozisiyasida o‘ynagan. Ammo klassik emas, balki zamonaviylashtirilgan uslubda — Bekkenbauer nafaqat sheriklarini himoya qilar, xatolarni to‘g‘rilar, balki, tezda hujumlarga qo‘shilardi. Uni qanot bo‘ylab yugurib, hamma joyda yordam beradigan “Inter” va Italiya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Jachinto Fakketti ilhomlantirgan.

Fransning ushbu uslubi klubda qo‘llanilardi, biroq terma jamoada Helmut Shen uzoq vaqt davomida bunday tavakkal qilishga ruxsat bermagan. Ilk bor u liberoni Yevro—1972 final bosqichida sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, Germaniya finalda SSSRni 3:0 hisobida mag‘lub etgan, mavsum oxirida esa Frans “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. “Fakketti meni ilhomlantirgan. Men buyuk sarguzasht ruhini his qildim”, — degandi Bekkenbauer.

Germaniyada bo‘lib o‘tgan mundialda u terma jamoa sardori bo‘lgan va kiyim almashtirish xonasida ancha qat’iy turardi.

O‘sha turnirda GFR Bekkenbauerning qoyilmaqom o‘yini sababli finalga qadar yetib borgan. Sayyoraning eng kuchli ikki futbolchilari — Bekkenbauer va Kroyf o‘rtasidagi bahsda GFR 2:1 hisobida Niderlandiyani taslim etgan. “Oltin to‘p” Kroyfga nasib etdi, Frans esa Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Ikkinchi “Oltin to‘p”ni esa bir necha yildan so‘ng qo‘lga kiritgan.

Frans AQSHga transfer qilingani uchun tanqidlar ostida qolgan

1977 yil 32 yoshida Frans “Nyu-York Kosmos” jamoasiga borib qo‘shilgan. Bu esa ko‘pchilikning g‘azabini keltirgan: Yupp Derval uni terma jamoaga chaqirmagan, muxlislar esa uni sotqin deya atagan. Bu juda qiyin davr edi, chunki Frans ilgari muxlislardan faqat maqtovlar eshitardi va Kayzer (Germaniya imperatori) laqabini olgandi.

Bekkenbauerning so‘zlariga ko‘ra, u 1968 yilda paydo bo‘lgan. Bir nashr Avstriyaning sobiq imperatori Frans Iosifning byusti fonida futbolchining suratini e’lon qilgan va unga “Futbol kayzeri” deb nom bergan. Boshqa versiyaga ko‘ra, laqab 1969 yilgi Germaniya Kubogi finalidan so‘ng, Frans “Shalke” afsonasi, “Vestfaliya qiroli” laqabi bilan mashhur Reynxard Libudga umuman o‘yin bermagani uchun bu nomga sazovor bo‘lgan.  

Vataniga qaraganda AQSHda Bekkenbauer o‘zini muhimroq his qildi: u Luchano Pavarotti bilan do‘stlashgan, tribunadan faqat u tarafga olqish bo‘lardi, hattoki, “Yankis” besbol o‘yinini tomosha qilgani borganda, uni tanib qolishgan. Frans AQSHga Pele bilan birga o‘ynamoqchiligini sabab qilib ko‘rsatgan (1975 yildan 1977 yilgacha ular birgalikda “Kosmos”da to‘p surgan). “Men uning yo‘lini takrorlamoqchi edim. U barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi, Pele qolgan futbolchilardan o‘n baravar ko‘proq iqtidorli. Uning yengil egoizmi haqiqiy yetakchiga aylantirgan”, — degan edi Frans braziliyalik afsona haqida.

1982 yilda Bekkenbauer Bundesligaga qaytib, Gamburgda bir mavsum o‘ynab, yana “Kosmos”ga ketgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, 1984 yilda Frans GFR terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan.

Unda hattoki, murabbiylik lisenziyasi bo‘lmagan. Shuning uchun u rasmiy manbalarda “jamoa xo‘jayini” deb yuritilardi. 1986 yilda terma jamoani JCH finaliga qadar olib chiqqan, oradan 4 yil o‘tib esa chempion qilgan. “Stadio Olimpiko”dagi bir voqea tarixda qolgan: barcha futbolchilar g‘alabadan sarmast paytida, ularning murabbiy maydon markazida shoshmasdan, xayol surib yurardi. “Bu men yolg‘iz qolishim mumkin bo‘lgan yagona joy. Juda ko‘p narsa haqida o‘ylab olishim kerak edi”. Shu tariqa Frans ham sardor, ham murabbiy sifatida Jahon Chempionatini qo‘lga kiritgan futbol tarixidagi yagona inson hisoblanadi.

1990 yilgi finaldan so‘ng Bekkenbauer terma jamoadan ketgan.

Yarim asr mobaynida Germaniya terma jamoasida juda ajoyib himoyachilar almashdi. Biroq, Bekkenbauerdek futbolchiga hech biri teng kela olmadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:30, 09.01.2024.
O'qildi: 1301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.