Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Surxon Arena» stadioni o‘yinlarni qabul qilishga qachon tayyor bo‘ladi? (video)

«Surxon Arena» stadioni o‘yinlarni qabul qilishga qachon tayyor bo‘ladi? (video)

Baho:
+ | -

«Surxon» klubining ko‘plab muxlislari jamoa stadionining navbatdagi futbol mavsumiga tayyorgarligi bilan qiziqishmoqda. Biz barcha savollarga javob beramiz.

«Surxon Arena»dagi rekonstruksiya ishlari qanday ketmoqda?

Uy stadionida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda, stadion maysasini, shuningdek, mashg‘ulot maydonini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, zamonaviy "Phillips" projektorlari o‘rnatildi. Barchasi FIFA va OFK standartlariga javob beradi. Shuningdek, tomoshabinlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ichki binolarni (echinish xonalari, matbuot xizmati xonalari, sog‘lomlashtirish jarayonlari xonalari, sport zali, doping nazorati xonasi, hakamlar xonasi, va hokazo) ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

O‘zPFL mutaxassislari tomonidan bo‘lib o‘tgan tekshiruv jarayoni qanday o‘tdi?

O‘tgan yilning 17 dekabr sanasida O‘zPFL mutaxassislari Termizda bo‘ldi. Stadionga POA PRATENCE maysasi yotqizilgan bo‘lib, uni parvarishlash ishlari olib borilmoqda. Endigina unib chiqayotgan maysa o‘zini ushlab olishi uchun biroz vaqt kerak. Hozircha maysa ildizining uzunligi 4 sm.ga yetgan. Drenaj tizimi to‘liq kuch bilan ishlamoqda.

7 yanvar kuni Liga mediasi "Surxon arena"da bo‘ldi va amalga oshirilayotgan ishlarni suratga oldi. Ayni vaqtda nafaqat asosiy maydon, balki uning orqasida joylashgan mashg‘ulot maydoni ham zamonaviy usulda tayyorlanmoqda. Muxlislar joy olishi mo‘ljallangan tribunalar osti tekislab qotirilgan. Endilikda uning ustiga o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Texnik zona, kiyim almashtirish, hakamlar va komissarlar xonalarida to‘liq yangilash ishlari olib borilmoqda. Zaxira o‘rindiqlari muxlislar futbol tomosha qilishiga halal bermasligi uchun maysa sathidan pastroqqa tushirilgan va uning uchun kerakli jihozlar xarid qilingan. Endilikda TV kameralari o‘rnatiladigan nuqtalar, OAV uchun lojalar va boshqa xonalarni Liga talabi asosida shakllantirish ishlari olib boriladi. Quyidagi video orqali amalga oshirilgan ishlarni ko‘rish mumkin

Qachon «Surxon Arena»da jamoa o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi?

«Surxon arena» avgust oyiga qadar futbol uchrashuvlarini qabul qila olishga tayyor holga keltirilishi rejalashtirilgan. Klub mavsumning ikkinchi davrasidan e’tiboran Termizga qaytish uchun barcha ishni amalga oshirmoqda. Unga qadar mavsumning birinchi davrasini Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o‘tkazib turadi.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 22:53, 15.01.2024.
O'qildi: 2620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик