"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Salamanka"ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklar safidagi 200-o‘yinda ishtirok etdi. U allaqachon bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yoxan Neeskens (183 o‘yin) hamda afsonaviy Yoxan Kroyffni (180 o‘yin) ortda qoldirgan.
Frenkidan hozirda besh futbolchi oldinda. Bular: Frank de Bur 214ta, Mixael Raysiger 255ta, Patrik Klyuyvert 257ta, Ronald Kuman (264) va Filipp Koku 292ta o‘yin.