Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Menyan: "Muxlislar meni maymun deb haqorat qilishdi"

Menyan: "Muxlislar meni maymun deb haqorat qilishdi"

Baho:
+ | -

"Milan" darvozaboni Mik Menyan "Udineze"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan A Seriyaning 21-turidan o‘rin olgan o‘yinni hakam to‘xtatib qo‘yishiga to‘g‘ri kelgan voqea tafsilotlarini aytib berdi.

"Birinchi bo‘limda to‘pni darvozadan chiqarib yubormoqchi bo‘lganimda, menga qarata "maymun" degan qichqiriqlarni eshitdim, lekin umuman munosabat bildirmadim. Keyin ular yana shunday qilishdi. Men to‘rtinchi hakamga murojaat qildim va nima bo‘lganini tushuntirdim. Bu birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q, biz muhim xabar, signal yuborishimiz kerak.

Ayni damda bu ishni qilganlar bilan gaplashishni istamayman, foydasi yo‘q. Men kabi azob chekkan barcha futbolchilarga yordam berish uchun aybdorlar jazolanishi kerak. Ular johil, uyda qolishlari kerak. Haqiqiy muxlislari stadionga ko‘ngil qo‘yish uchun kelishadi. Futbolda bunday bo‘lmasligi kerak.

Dastlab maydonga qaytishni istamagandim, ammo klubimiz ajoyib, bizda ajoyib jamoa bor. Hamma menga ergashdi, keyin biz g‘alaba qozonish uchun maydonga tushdik. Uch ochko to‘plash - bu vaziyatga to‘g‘ri javob.

Prokuratura bu muammoni hal qilishda jiddiy yondashishi kerak, chunki ba’zida u harakat qilmaydi. Biroq, biz, futbolchilar, bu haqda jim turmasligimiz kerak", - dedi Menyan Relevo bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi “Udineze” muxlislari tomonidan o‘ziga nisbatan qilingan irqchi haqoratlar yuzasidan hakamga shikoyat qilgan edi. Futbolchi o‘yinni davom ettirishni istamay, tribuna xonasiga yo’l oldi, biroq jamoadoshlari uni qaytishga ko‘ndirishdi. Uchrashuv besh daqiqaga to‘xtatildi va keyin davom etdi.

Kiritildi: 13:42, 21.01.2024.
O'qildi: 1845 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.