Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyoning besh afsonasi

Osiyoning besh afsonasi

Baho:
+ | -

12 yanvar kuni boshlangan Osiyo kubogi-2023 ikki qit’a futbolining eng katta yulduzlari va eng istiqbolli yosh iste’dodlarini o‘zida jamlagani tayin.

Hisob bo‘yicha 18-marta yo‘lga tushgan «sariq qit’a» bosh turniri tarixiga nazar solsak, oldingi 67 yil davomida bir qator futbolchilar ajoyib o‘yinlari bilan chinakam afsonaga aylanishgan.

Ali Dai (Eron). 27 yoshli Ali Dai 1996 yilga qadar Eron termasi safida atigi 7ta gol urgandi. OK-96 saralashi va final raundi esa uni chinakam yirtqich goleadorga aylantirdi. Dai xususan, saralash o‘yinlarida raqiblar darvozasini 12 marta nishonga oldi, keyin final bosqichida o‘z mamlakati qahramoni sifatida gavdalandi. Guruh doirasidagi 3ta bahsda ham gol urgan hujumchi chorak finalda bor ovozi bilan hayqirdi. J.Koreya termasiga qarshi uchrashuv tugashiga 24 daqiqa qolgan pallada hisob 2:2 edi. Shundan so‘ng Daining vaqti boshlandi - qolgan daqiqalarda 3ta gol! Xullas, afsona 6:2 hisobida yakunlangan bahsni «poker» bilan yakunladi. Forslar yarim finalda bo‘lajak chempion - Saudiya Arabistoni termasiga penaltilar seriyasi bo‘yicha yutqazishdi. Dai esa 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Quvayt termasi darvozasini ishg‘ol etgancha jamoasi g‘alabasini ta’minlash barobarida 8ta gol bilan turnir to‘purari bo‘ldi. Dai 2000 va 2004 yillarda Eron termasi sardori maqomida o‘ynadi va har ikki turnirda 3tadan gol urdi. Jami 14ta gol - bu Osiyo kubogi tarixidagi eng yaxshi natija!

Shunsuke Nakamura (Yaponiya). Yaponiyalik futbolchi Osiyo kubogida 2000 yili, atigi 22 yoshida debyut qildi. O‘shanda «samuraylar» Bayrut finalida Saudiya Arabistoni termasini 1:0 hisobida yengib, ikkinchi chempionlikni rasmiylashtirishgandi. Nakamura oradan 4 yil o‘tib, bo‘yniga yana oltin medal taqdi. Italiyaning «Redjina» klubi safida «A» seriya o‘yinlarida ko‘zga tashlangan hujumkor yarim himoyachi ikkinchi turnirni Ummon termasi ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0)li bahsda gol bilan dadil boshladi va 2-turda tailandliklar darvozasini ham nishonga oldi. Ziko boshqaruvidagi Yaponiya termasi keyinchalik Iordaniya va Bahrayn jamoalari to‘sig‘idan o‘tib, turnir mezboni (Xitoy) bilan bo‘ladigan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yaponlar Pekindagi «Ishchilar» stadionida to‘plangan 62 ming muxlis ro‘parasida kuchli bosim ostida qolishdi. Shunga qaramay, yarim himoyada dirijyorlik qilgan maestro Nakamura boshlagan hujumlar samara keltirib, «samuraylar» 3:1 hisobida ustun kelishdi. Alohida fakt: 26 yoshli futbolchi o‘z jamoasining 3ta golida ham katta rol bajardi. Aniqrog‘i, u Takashi Fukunishi goli bilan tugagan jarima zarbasini ishladi, Koji Nakata va Keyji Tamadani esa samarali uzatmalar bilan ta’minladi. Shu tariqa Nakamura yakunda Osiyo kubogi-2004ning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovringa ega chiqdi. 2007 yilgi turnirga esa «Seltik» yarim himoyachisi sifatida tashrif buyurgan yaponiyalik yulduz o‘z hisobiga yana 2tadan gol hamda assist yozdirib qo‘ydi. To‘g‘ri, bu safar chorak finalda dahshatli Avstraliya termasi bilan bahsda esda qolarli g‘alaba qayd etgan yaponlar hal qiluvchi o‘yin yo‘lida saudlarga bas kelolmadilar va yakunda 4-o‘rin bilan cheklanishdi.

Yunus Mahmud (Iroq). «Mesopotamiya sherlari» 2007 yili Jakartadagi «Gelora Bung Karno» stadionida turnir favoriti - Saudiya Arabistoni termasini yengish asnosida dunyoni lol qoldirib, tarixda ilk marta Osiyo kubogini qo‘lga kiritishdi. 24 yoshli hujumchi Yunus Mahmud o‘sha turnirda Iroq termasining chin yetakchisi rolini bajardi. Iroqliklar avvaliga mezbon - Tailand termasi bilan bahsni 1:1 hisobida yakunlashdi, Mahmud esa startdayoq faolligi bilan ajralib turdi. Bo‘lajak chempion shundan so‘ng Avstraliya termasini sensasion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi, ummonliklarga qarshi bahsda esa murosa yo‘lini tanladi (0:0). Shu tariqa 5 ochko bilan «pley-off»ga chiqqan Iroq termasi 1|4 finalda yana bir mezbon - Vyetnam jamoasiga to‘qnash keldi. Nashot Akramning jarima zarbasidan urgan ajo­yib golidan keyin Mahmud hisobni mustahkamladi - 2:0. Iroqliklar yarim finalda J.Koreya termasini penaltilar seriyasi bo‘yicha yengib finalga chiqishdi va Yunus Mahmud hal qiluvchi bahsning 72-daqiqasida butun mamlakati tarixidagi eng muhim golni nishonladi. Hujumchi yakunda haqli ravishda turnirning asosiy individual sovrinlari - «Oltin to‘p» va «Oltin butsa»ga ega bo‘ldi. Shu o‘rinda bitta salmoqli fakt: Yunus Mahmud 4ta Osiyo kubogida gol urgan yagona futbolchidir, qolaversa, u 3ta turnirda Iroq termasi sardorlik bog‘ichi ostida qatnashgan.

Tim Keyxill (Avstraliya). «Sokkeruz» uchun Osiyo kubogida bir qator qoyilmaqom gollar urgan futbolchi. Turnirda 2007 yili debyut qilgan Avstraliya termasi ilk urinishda natijaga erisholmadi. Qatar-2011 ham «yashil qit’a» vakillariga katta muvaffaqiyat keldirmadi. 2015 yilga kelib, Osiyo kubogini o‘z maydonlarida qabul qilgan «sokkeruz» nihoyat, bosh maqsadiga erishdi. Keyxill esa 2007 yili Avstraliya termasining Osiyo kubogidagi tarixiy birinchi golini o‘z nomiga rasmiylashtirdi. APLda toblangan futbolchi o‘shanda o‘yinning 92-daqiqasida Ummon termasi darvozasini nishonga olib, jamoasini muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan va Osiyoda ilk marta burchak bayroqchasi bilan boks tushgandi - o‘ziga xos gol nishonlash uslubi. Biroq avstraliyaliklar chorak finalda Yaponiya termasi tomonidan «nokaut» qilindilar. 4 yildan keyin esa «Everton» vakili «sokkeruz»ning eng ta’siri baland futbolchisi sifatida gavdalandi. Jumladan, hindlar bilan bahsda «dubl» qayd etib, 4:1 hisobiga asos soldi. Biroq Qatarda ham «sokkeruz» yo‘liga Yaponiya termasi to‘siq qo‘ydi. 2015 yili 35 yoshida Ange Postekoglu ishonchiga kirgan Tim uydagi turnirni yana gol bilan boshladi (qatorasiga 3-marta). U shu bilan cheklanib qolmay, chorak finalda xitoyliklarni 2ta aniq zarba bilan «siyladi». Ehtimolki, bu Keyxillning Osiyo kubogidagi eng yaxshi o‘yinidir. Har holda, hujumchi 2:0 hisobida yakunlangan bahsdagi gollaridan birini «velosiped» uslubida urgandi - sehr­li ijro. Final esa Keyxill uchun Osiyo kubogi bilan ideal xayrlashuvga aylandi: mezbonlar finalda J.Koreya termasini 2:1 hisobida dog‘da qoldirib, 76 mingdan ko‘p muxlisni jamlagan «Avs­traliya» stadionini «portlatishdi» go‘yo...

Solih al Nueyma (S.Arabistoni). 1970-1980-yillar oralig‘ida «Al-Hilol» klubi va Saudiya Arabistoni termasining eng ishonchli himoya­chilaridan biri sifatida nom qozongan futbolchi. Solih jumladan, 1984 va 1988 yillardagi Osiyo kubogida himoyani mustahkam ushlab, arablarning yakuniy g‘alabalariga katta hissa qo‘shgandi. Faoliyatini 1976 yili boshlagan al Nueyma OK-84-dayoq «yashil burgutlar» sardori sifatida maydonga tushdi. Bu Saudiya futboli uchun esdan chiqmas debyut hisoblanadi (saudlar Singapurdan bosh sovrin bilan qaytishgan). O‘sha turnirda debyu­tant va chempionning 6ta o‘yinda atigi 3ta gol qo‘yib yuborganida, Nueymaning xizmatlari katta. 4 yildan ke­yin tarix takrorlandi: Solih himoyani «betonlab» tashladi (saudlar 6ta o‘yinda atigi 1ta gol qabul qilishdi) va Karlos Alberto Perreyra jamoasining yakuniy g‘alabasini ta’minladi, hisob. Qolaversa, al Nueyma har ikki turnirda penaltidan gol ham urgandi.

Manba: the-afc.com,

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 21.01.2024.
O'qildi: 5062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.