Ilgiz Tantashev va Timur Gaynullin Qatar maydonlarida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqasining “A” guruhi 2-turi doirasidagi Livan – Xitoy o‘yinida tegishlicha zaxira hakami va zaxira yordamchi hakami sifatida uchrashuv rasmiylari qatoridan o‘rin olishdi.
E’tiborli jihati, Timur Gaynullin hamda Ilgiz Tantashev Osiyo kubogi 3-turining o‘zida 2 ta uchrashuv o‘tkazishmoqda.
Ular kecha Eron – BAA jamoalari o‘rtasidagi bahsda ham birga ishlagan edi.
Mazkur bahs 25-yanvar kuni soat 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) Al-Rayyan shahridagi “Education City” stadionida o‘tkaziladi.