Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

"Oltin to‘p"ning 2024 yilgi sovrini uchun kimlar da’vogarlik qiladi?

"Oltin to‘p"ning 2024 yilgi sovrini uchun kimlar da’vogarlik qiladi?

Baho:
+ | -

"Oltin to‘p" futbol dunyosidagi eng katta individual sovrinlardan biri hisoblanadi. 2023/24 yilgi mavsumda yuz beradigan voqealar va qayd etiladigan natijalar ushbu sovrinning yangi egasini belgilashda katta yordam beradi. Quyida da’vogarlar va ular qilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida so‘z boradi. 2024 yilda Osiyo, Afrika, Yevropa va Amerika chempionatlari o‘tkazilishini hisobga olsak, katta yulduzlarning imkoniyatlari yanada oshadi.

Xarri Keyn

Keyn "Bavariya"ga o‘tish orqali uzoq kutilgan titul yutish orzusini amalga oshirishi mumkin. Angliya terma jamoasi a’zosi yangi klubida Robert Levandovskining rekordini yangilashga ulgurdi. Ammo "Bavariya" joriy mavsum oxirida hech bir sovrinni yuta olmasligiyam ehtimoldan holi emas. Masalan, myunxenliklar Germaniya superkubogini boy berdi. Mamlakat kubogini ham erta tark etdi. Bundeligada esa "Bayer Leverkuzen"dan naq yetti ochko ortda bormoqda. Lekin YECHL borasida unday deya olmaymiz. Negaki, Yevropa sahnida "Bavariya" hali ham kuchli. Keyn esa bu kuchning muhim qismlaridan biri sanaladi.

Keyn "Oltin to‘p"ni yutishi uchun nima qilishi kerak: YECHL yoki Yevro-2024 dagi muvaffaqiyat. Har ikkisini yutish esa g‘oliblikni kafolatlaydi.

Jud Bellingem

Bellingem "Real"da fantastik start namoyish etdi. Anchelotti jamoasida ayni damda undan ham muhimroq tarkib vakili bo‘lmasa kerak. 20 yoshli yarim himoyachi iyul oyida Germaniyadagi qit’a chempionatida g‘alaba qozona olsa, shubhasiz Bellingem nomi ham "Oltin to‘p" favoritlari qatorida e’tirof etiladi.

U nima qilishi kerak?: YECHL yoki Yevro-2024 dagi muvaffaqiyat. Har ikkalasini yutish esa g‘oliblikni kafolatlaydi.

Kilian Mbappe

Mbappe "Monako"dagi davridayoq ma’lum ediki, u o‘z davrining eng yaxshilaridan biriga aylanadi. Ayni damda hujumchi "PSJ" va Fransiya termasining eng katta yulduzi sanaladi. Uning yelkasiga bu yili juda katta mas’uliyat tashlanishi turgan gap. Fransiyaning ichki turnirlaridagi muvaffaqiyatlar "Oltin to‘p"ga yetarli bo‘lmaydi. Bu uchun Mbappe jahonning eng katta arenalarida o‘zini ko‘rsatishi lozim. U bunga qodir ekaniga allaqachon guvoh bo‘lganmiz.

U nima qilishi kerak?: YECHL yoki Yevro-2024 dagi muvaffaqiyat. Har ikkalasini yutish esa g‘oliblikni kafolatlaydi.

Muhammad Saloh

Salohning "Liverpul"da erishgan narsalariga qarab aytish mumkinki, u "Oltin to‘p"ni olgan tarixdagi ikkinchi afrikalik bo‘lishga to‘liq loyiq. Birinchisi 1995 yilda Jorj Veaga nasib etgandi. Afsuski, Salohga omad kulib boqmadi. Negaki, uning oldida Benzema, Messi va Modrich kabi yirik nomlar bor edi. Hozir Messi va Ronaldu Yevropada emas. Ammo Saloh ham YECHLda ishtirok etmayapti. Kamiga Afrika Millatlar kubogi u uchun yakuniga yetdi.

U nima qilishi kerak?: tuzalib, Misr terma jamoasini chempion qilishi va APLda g‘alaba qozonib, turnir "Oltin butsa"siga ham ega chiqishi kerak.


Erling Xoland

Xoland, aslini olganda, "Oltin to‘p"ni yutish uchun bir futbolchi qilishi kerak bo‘lgan hamma ishni bajardi. U o‘tgan mavsumda jami 52 ta golga mualliflik qilgan edi. Afsuski, Messi ham jahon chempionatida zafar quchdi. Oqibatda, norvegiyalik trebl bilan ham sovrindan quruq qoldi.

U nima qilishi kerak?: YECHL va APLni qaytadan yutib olishi kerak.

Lionel Messi

Messining sakkizinchi "Oltin to‘p"i so‘nggisi bo‘ldi deb o‘ylayotganlar xato qiladi. Nega? Chunki 2021 yilgi "Oltin to‘p" Messiga Kopa Amerikani yutgani uchun taqdim etilgan. Bu yozda ham Kopa Amerika bizni kutib turibdi. Demak, Messida yana imkon paydo bo‘ladi. MLSdagi muvaffaqiyatlar "Oltin to‘pga erishishga yetarli bo‘lmaydi.

U nima qilishi kerak?: Kopa Amerikani yutishi va ovozlar teng taqsimlanishini kutish.

Krishtianu Ronaldu

Ronaldu oxirgi marta bundan yetti yil oldin so‘nggi bor "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgandi. Shunday ekan, u yana harakat qilib ko‘radi. Afsuski, Saudiya ligasidagi 100 ta gol ham Ronalduga yordam bera olmaydi. Ammo Portugaliyaning Yevro-2024 dagi muvaffaqiyati umid uchqunini keltirib chiqaradi. Portugaliya Angliya va Fransiyaga raqobat taklif etishi kutilmoqda.

U nima qilishi kerak?: Yevro-2024ni yutishi va boshqa raqiblarining Kopa Amerika, YECHL va Yevrodagi omadsizligiga umid qilishi kerak.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:04, 26.01.2024.
O'qildi: 6495 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.