Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Nima uchun Afrika kubogi eng yaxshi qit’a turniri ekanligini isbotlab beramiz (Mutolaa uchun)

Nima uchun Afrika kubogi eng yaxshi qit’a turniri ekanligini isbotlab beramiz (Mutolaa uchun)

Baho:
+ | -

Har ikki yilda Yevropaga o‘ynash uchun ketgan iqtidorli afrikalik futbolchilar uchun uylariga qaytish vaqti keladi - ular endi mahoratlarini Afrikaga va butun dunyoga ko‘rsatishlari kerak. Va bu tomosha Afrika Millatlar Kubogi deb ataladi.

Afrika kubogidagi barcha o‘yinlar sifat jihatidan Yevro o‘yinlariga qiyos emas, lekin rang-baranglik jihatidan tengi yo‘q, deb o‘zingiz xohlagancha bahslashishingiz mumkin. Futbolga qiziqmasangiz ham, Gana terma jamoasining bezakli muxlisi ko‘zingizga tushadi. Kiyinish xonasiga milliy qo‘shiq ostida raqsga tushib kirgan Janubiy Afrika terma jamoasi futbolchilari yoki an’anaviy liboslarda kiyingan Tanzaniya terma jamoasi muxlisini eslash mumkin.

Eng yaxshi jamoaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yulduzlar soni bo‘yicha Afrika faqat Yevropadan pastroq bo‘lishi mumkin, ammo bu yerda ham savol tug‘iladi: biz nimani birinchi deb hisoblaymiz? Balki, bosh sovrinni qo‘lga kiritib, qit’aning eng yaxshi jamoasi unvonini olgan jamoa o‘zini yuqori deb hisoblashi mumkinliginidir. Va bu yerda Afrika qolganlardan oldinda.

O‘zingiz baho bering: Osiyoda bor-yo‘g‘i to‘qqizta jamoa qit’a chempioni bo‘lgan (Afrikada 54 ta davlat bor, Osiyoda ham xuddi shuncha), Janubiy Amerikada atigi sakkizta chempion jamoa bor (bu yerda mintaqadagi jamoalar sonini hisobga olamiz, 14 ta), Yevropada butun tarixda atigi 10 ta jamoa chempionlikni qo‘lga kiritgan (46 mamlakatdan). Raqamlar bo‘yicha Afrika so‘zsiz peshqadam: 15 ta jamoa turli vaqtlarda qit’a kubogini boshi uzra ko‘targan. Bu yerda futbol monopoliyasi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Efiopiya ham xuddi Misr kabi turnirda g‘alaba qozonish uchun imkoniyat va umidlarga ega, Zambiya va Sudan esa turnirdagi istalgan superyulduzlarga ega jamoani mag‘lub eta oladigan tarkibni to‘plashi mumkin.

G‘alaba uchun ko‘plab nomzodlarning hikoyasi ko‘p jihatdan Afrika qit’asining iqlimiy xususiyatlari bilan bog‘liq. Ko‘pincha yozda misli ko‘rilmagan issiqlik yoki yomg‘irli mavsum tufayli turnirlarni o‘tkazish mumkin emas. Masalan, 2023 yilning yozida Kot-d'Ivuarda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan joriy turnir o‘sha yerda, 2024 yilning qishida bo‘lib o‘tmoqda. Odamlar Kot-d'Ivuarga futbol o‘ynash uchun butunlay boshqa iqlim zonalaridan kelishadi: ekvatorial, subekvatorial, tropik va subtropik.

Ko‘plab terma jamoalarning futbolchilari Yevropada o‘ynashadi, ammo bu ularning qit’a sharoitiga o‘rganib qolgan raqiblari uchun foyda keltiradi. Jazoir va Tunis joriy turnirda guruh bosqichidan chiqib ketishgan va bu o‘yin amaliyoti yetishmasligi bilan bog‘liq emas, chunki ularning ikkalasi ham Afrika standartlari bo‘yicha eng barqaror jamoalardan biri. Gap shundaki, qit’aning shimoliy qismidagi futbolchilar G‘arbiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan musobaqada an’anaviy tarzda qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Qizig‘i shundaki, o‘z maydonidagi turnir ko‘p hollarda mezbon jamoaga yordam bermaydi. 1982 yildan buyon Afrika Millatlar Kubogida faqat beshta mezbon davlat g‘olib chiqdi, so‘nggi to‘qqizta turnirda esa mezbon jamoa muxlislari o‘z jamoasi kubokni ko‘targanini ko‘rmagan. Bu shuni ko‘rsatadiki, turnirda g‘alaba qozonish nihoyatda qiyin.

Har qanday sport musobaqasida qiziqarli holatlar bo‘ladi va Afrika Millatlar Kubogi ham bundan mustasno emas. Masalan, 2022 yilda Tunis va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda uchrashuv bosh hakami Janni Sikazve ikki marta o‘yinni muddatidan oldin hushtak chalib yakunlagan. Avvaliga u 86-daqiqada o‘yinni tugatgan, biroq futbolchilarning g‘azabidan so‘ng o‘yinni davom ettirdi. Tabloda 89 daqiqa 47 soniya ko‘rsatilganida, u yana bir bor o‘yinni yakunladi! Bu o‘yinda ikkita penalti belgilangan, to‘qqizta o‘zgarish va qizil kartochka ko‘rsatilganiga qaramay u nafaqat qo‘shimcha daqiqalar bermadi, balki o‘yinni muddatidan avval yakunlab qo‘ya qoldi. Keyinroq hakamning bu g‘alati xatti-harakatiga izoh berildi. Gap shundaki, o‘yin Kamerunning Limbe shahrida +35 daraja issiqda va 65 foiz namlikda bo‘lib o‘tdi. Hakam kasal bo‘lib qoldi - uni issiq urdi va vaqtni his qilishni yo‘qotdi.

Yana bir ajoyib voqea Kamerundagi Afrika kubogi doirasidagi Gambiya - Mavritaniya o‘yini oldidan bo‘lib o‘tgan. Tashkilotchilar Mavritaniya madhiyasini naq 3 marta boshqa davlatniki bilan adashtirib yuboradi, bu esa terma jamoa futbolchilarini dovdiratib qo‘ydi. Natijada, to‘g‘ri madhiyani topa olmagan tashkilotchilar faqat Gambiya madhiyasi qo‘yib berishdi, xolos. Qiziqarli voqealar faqat Afrika kubogida emas 2006 yilgi Jahon chempionatida ham ko‘rganmiz. Xorvatiya - Avstraliya o‘yinining bosh hakami Grem Poll xorvatiyalik Yosip Simunichga uchinchi sariq kartochka ko‘rsatgach, uni maydondan chetlatgan edi! Endi tasavvur qiling, agar bu Afrika kubogida sodir bo‘lganida nima bo‘lardi. Umuman olganda, juda qiziqarli.

Afrika kubogini ko‘rib, hech bo‘lmaganda formasi tufayli jamoalardan biriga oshiq bo‘lib qolmaslik mumkin emas. Hech bir turnirda unchalik yorqin va nafis liboslarni ko‘rmaysiz. Nigeriya terma jamoasi an’anaviy tarzda o‘zining chiroyli formasi bilan mashhur, uni jahon chempionatida ham ko‘rish mumkin. Ushbu Afrika kubogida Mali terma jamoasi juda chiroyli formaga ega. Unda mamlakat ramzi, burgut tasvirlangan. Kabo-Verde jamoasining formasida akulalar, Gambiya termasida esa chayonlar bor. Umuman olganda, u yerdagi formalardan hit parad tashkil qilish mumkin.

Kiritildi: 21:39, 02.02.2024.
O'qildi: 2727 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.