Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Obameyang "Barsa" rahbariyatiga maslahat berdi

Obameyang "Barsa" rahbariyatiga maslahat berdi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Pyer-Emerik Obameyang Kataloniya klubiga yangi bosh murabbiy tanlash borasida maslahat berdi.

Eslatib o‘tamiz, Xavi mavsum yakunida “Barselona”ni tark etadi – yosh mutaxassis o‘z qarorini ma’lum qilgan edi.

Obameyangning fikricha, "Barselona" iloji bo‘lsa Yurgen Kloppni taklif qilishga harakat qilishi kerak.

Nemis murabbiyi yozda "Liverpul"ni tark etishi ma’lum.

“Klopp sizga hamma narsani, jumladan energiyani ham bera oladi. U ajoyib unvonlarni qo‘lga kiritdi, u yaxshi murabbiy.

Agar "Barsa"da imkoniyat bo‘lsa, bu juda yaxshi variant bo‘lardi. Dortmundda u bilan o‘zimni juda qulay his qildim.

Agar u "Barsa"ga kelsa aql bovar qilmas ish bo‘lardi", - dedi Obameyang.

Kiritildi: 23:37, 07.02.2024.
O'qildi: 5424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик