"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai bo‘lajak "Byornli" bilan o‘yinda jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp matbuot anjumanida gapirdi.
Oldinroq Soboslaining jarohatdan tiklanishi taxminan 3-4 hafta davom etishi xabar qilingandi.
Joriy mavsumda 23 yoshli vengriyalik barcha musobaqalar doirasida 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.